Milorad Pavich (serbcha: Milorad Paviћ; 1929-yil 15-oktyabr, Belgrad – 2009-yil 30-noyabr, Belgrad) – Yugoslaviya va Serbiya shoiri, nosir, postmodernizm va sehrli realizm vakili, tarjimon va XVII-XIX asrlar serb adabiyoti tarixchisi. Serb barokko va simbolistik sheʼriyati mutaxassisi.

Milorad Pavich
Tavalludi 15-oktyabr 1929-yil
Vafoti 30-noyabr 2009-yil
Belgrad, Serbiya
Kasbi tarjimon, shoir, dramaturg, o'qituvchi, yozuvchi
Ijod qilgan tillari Serbian va Rus tili
Fuqaroligi Serbiya bayrogʻi Serbiya
Yoʻnalish realizm
Faoliyat yillari 19672009

Tarjimai holi

tahrir

Milorad Pavich 1929-yil 15-oktyabr kuni Belgradda haykaltarosh va falsafa oʻqituvchisi oilasida tavallud topgan. Yozuvchining ajdodlari orasida undan oldin ham yozuvchilar boʻlgan. 1766-yilda Paviklar oilasidan biri Emerik Pavich 1766-yilda oʻzining sheʼrlar toʻplamini nashr etgan, amakisi Nikola Pavich esa XX asr oʻrtalarida mashhur yozuvchisi boʻlgan. 1949-1953-yillarda Belgrad universitetining falsafa fakultetida tahsil olgan. Keyinchalik Zagreb universitetida adabiyot tarixi fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Milorad Pavich oʻzini adabiy ijodga toʻliq bagʻishlagunga qadar bir muddat turli universitetlarda (Parij Sorbonna, Vena, Frayburg, Regensburg va Belgradda) dars bergan. U serb yozuvchisi va adabiyotshunosi Sava Damyanovning ustozi boʻlgan. Uning birinchi sheʼriy toʻplami (Palimpsesti) 1967-yilda nashr etilgan. 1971-yilda navbatdagi sheʼrlar toʻplami „Lunniy kamen“ (Mesechev Kamen) nomli sheʼrlar toʻplami chop etilgan. Bundan tashqari, M. Pavich gazetalarda ham faoliyat olib borgan, tanqidiy asarlar, qadimgi serb adabiyoti tarixi va ramziy sheʼriyatiga oid monografiyalar yozgan, Yevropa tillaridan sheʼrlar tarjima qilgan. Shoirga eng koʻp shuhrat keltirgan romani „Hazarskiy slovar“ (1984) deb ataladi. Bu romani uchun Pavich NIN jurnalining mukofotiga sazovor boʻlgan. Pavich rus, nemis, fransuz va bir qancha qadimiy tillarni bilgan, Pushkin va Bayronning asarlarini serb tiliga tarjima qilgan. U Yasmina Mixaylovich (serb yozuvchisi, adabiyotshunos) bilan turmush qurgan. Uning ikki farzandi: bir oʻgʻli va bir qizi boʻlgan. U 2009-yil 30-noyabrda Belgradda 81 yoshida miokard infarktidan vafot etgan[1] va 3-dekabrda Yangi qabristonga dafn qilingan[2].

Xotirasi

tahrir
  • Milorad Pavichning kitoblari 30 ta tilga, jumladan rus, ingliz, fransuz, xitoy, yapon, koreys va ibroniy tillariga tarjima qilingan.
  • 1991-yilda Serbiya Fanlar va sanʼat akademiyasiga saylangan.
  • 2004-yilda adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga nomzod boʻlgan.
  • Petropol mukofoti (2003).

Bibliografiyasi

tahrir
  • „Jelezniy zanaves“ (serbcha: Gvozdena zavesa), 1973-yil
  • „Joni svyatogo Marka“ (serbcha: Koњi svetoga Marka), 1976-yil
  • „Russkaya borzaya“ (serbcha: Ruski xrt), 1979-yil
  • „Hazarskiy slovar“ (serbcha: Xazarski rechnik), 1984-yil
  • „Peyzaj narisovanniy chayem“ (serbcha: Predeo slikan chaјem), 1988-yil
  • „Vivernutaya perchatka“ (serbcha: Izvrnuta rukavitsa), 1989-yil
  • „Biografiya Belgrada“ (serbcha: Kratka istoriјa Beograda), 1990-yil
  • „Vnutrennaya storona vetra“ (roman Gero va Leondre haqida)" (serbcha: Unutrashњa strana vetra), 1991-yil
  • „Sem smertnix grexov“ (serbcha: Sedam smrtnix grexova), 2002-yil
  • „Nevidimoye zerkalo-pyostriy xleb“ (serbcha: Nevidљivo ogledalo – Shareni xleb), 2003-yil
  • „Unikalniy roman“ (serbcha: Unikat), 2004-yil[3]
  • „Roman kak derjava“ (serbcha: Roman kao drjava), 2005-yil
  • „Svadba v kupalne“ (serbcha: Svadba u kupatilu), 2005-yil
  • „Drugoye telo“ (serbcha: Drugo telo), 2006-yil
  • „Bumajniy teatr“ (serbcha: Pozorishte od xartiјe), 2007-yil
  • „Mushka“ (serbcha: Veshtachki mladej), 2009-yil
  • „Serbskaya kniga myortvix“ (serbcha: Srpska kњiga mrtvix, tugallanmagan asari), 2009-yil.

Manbalar

tahrir
  1. Umer pisatel Milorad Pavich
  2. Milorad Pavich poxoronen 3 dekabrya na Novom kladbiщe
  3. "Mixail Vizel. Kniga „Unikalniy roman“, Milorad Pavich. Retsenziya". 15-aprel 2006-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-sentyabr 2008-yil.