Miltiq
Miltiq — oʻq otish quroli. Ov va harbiy ishda qoʻllanadi. Dastlabki M. 12-asrda arablarda paydo boʻlgan. M. yogʻoch dastaga mahkamlangan stvol (quvur)dan tuzilgan. Qadimgi M.lar pilta bilan oʻt oldirilgan (shuning uchun oʻzbeklar orasida "pilta miltiq" deb atalgan). 14-asrda Yevropada silliq stvolli M. ishlab chiqarilgan. 16-asr birinchi yarmida Ispaniyada mushket deb ataluvchi birmuncha tez oʻqlanadigan M. ishlab chiqarildi. 17—18-asrlarga kelib oʻyiq stvolli M. yaratilgan. 19-asrda tepki, piston va metall patronning ixtiro qilinishi M.ni oʻqlash tezligini birmuncha oshirdi. 1868-yildan boshlab Rossiyada patron gilzasini mexanik ravishda chikarib tashlaydigan zatvorli M. qoʻllandi (qarang Berdanka). 19-asrning 2-yarmida magazin ixtiro qilingach, M.ni oʻqpash tezligi ancha oshdi. 1891-yil rus qurolsozi S. I. Mosin yaratgan M. na-munasi Birinchi jahon urushi, Rossiyada fukarolar urushi davrida keng qoʻllandi. 1930-yil mazkur M. baʼzi oʻzgarishlar bilan qayta ishlab chiqarildi va 7,62 mm li M. degan nom oldi. Bu M. magaziniga 5 patron joylangani uchun u oʻzbeklar orasida "beshotar" deb atalgan. Uning otish tezligi minutiga 10—12-marta, moʻljalga olish va otish masofasi 2000 m; aniq otish masofasi 400 m gacha; ogʻirligi 4 kg (nayzasi bilan 4,5 kg). Optik pritsel oʻrnatilganda 800 m gacha masofadagi nishonni bexato urishi mumkin. Hozir M.lardan, asosan, ov qilishda foydalaniladi (yana qarang Karabin, Pistolet-pulemyot).[1]
Miltiq — o'q otish quroli. Ov va harbiy ishda qoʻllanadi. Dastlabki miltiq 12 asrda arablarda paydo boʻlgan. Miltiq yog'och dastaga mahkamlangan stvol (quvur)dan tuzilgan. Qadimgi miltiqlar pilta bilan o't oldirilgan (shuning uchun oʻzbeklar orasida «pilta miltiq» deb ataladi). 14 asrda Yevropada silliq stvolli miltiq ishlab chiqarilgan. 16 asr birinchi yarmida Ispaniyada mushket deb nomlangan birmuncha tez o'qlanadigan miltiq ishlab chiqarildi. 17-18 asrlarga kelib o'yiq stvolli miltiq yaratilgan. 19-asrda tepki, piston va metall patronning ixtiro qilinishi miltiqni o'qlash tezligini birmuncha oshirdi. 1868-yildan boshlab Rossiyada patron gilzasini mexanik ravishda chiqarib tashlaydigan zatvorli miltiq ishlab chiqarila boshlangan. Hozir miltiqlardan, asosan, ov qilishda foydalaniladi.
Shuningdek, qarang
tahrirManbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |