Milton Casco

Milton Kasko Argentinalik futbolchi Milton Oskar Kasko argentinalik futbolchi bo'lib, Argentinaning "Nyuells Old Boys" klubida chap qanot himoyasida o'ynaydi va Argentina terma jamoasining Amerika Kubogidagi o'yinchilaridan biri hisoblanadi

Milton Óscar Casco (talaffuzi: Milton Oskar Kasko) 1988-yil 11-aprelda tugʻilgan. Argentinalik futbolchi „River Plate“ klubi va Argentina terma jamoasi himoyachisi. 

Milton Casco Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi Milton Óscar Casco
Tugʻilgan 11-aprel 1988-yil(1988-04-11)[1][2][3]

(34 yosh)Argentina

Fuqaroligi Flag Argentini Argentina
Boʻyi 169 sm
Vazni 71 kg
Pozitsiyasi himoyachi
Hozirgi jamoasi
Klub Flag Argentini River Plate
Raqami 20

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Oscar Casco oʻz faoliyatini „Gimnasia“ klubida (La Plata shahri) boshlagan. 2009-yil 13 iyunda „Kolon“ga qarshi oʻyinda Argentina Primer ligasida debyut qildi[4]. 2012-yilda Oscar Casco klub bilan Primera B ga tushib ketdi.

Oʻsha yilning yozida Oscar Casco „Newell’s Old Boys“ga oʻtdi. Transfer summasi 500 ming dollarni tashkil qilgan. 21-avgust kuni „San Martín de San Juan“ga qarshi bahsda u yangi jamoada debyut qildi[5]. 2013-yilning 28-aprelida „Racing Avellaneda“ga qarshi o‘yinda Oscar Casco klub uchun birinchi golini urdi[6]. Oʻsha yili Oscar Casco Argentina chempioni boʻldi. Libertadores kubogida u „Vélez Sársfield“ va Paragvayning „Olimpia“ klubidagi vatandoshlari darvozasiga gol urdi[7][8]. Bir yil oʻtgach, Libertadores kubogi doirasida Kolumbiyaning „Atlético Nacional“ klubiga qarshi oʻyinda Oscar Casco yana gol urdi[9].

2015-yilning yozida Oscar Casco „River Plate“ga koʻchib oʻtdi. Transfer summasi 2,5 million yevroni tashkil qildi. 13-sentabr kuni „Boca Juniors“ga qarshi oʻyinda u yangi klub safida debyut qildi[10]. 2016-yilning 9-aprelida „Atlético Sarmiento“ga qarshi kechgan bahsda Oscar Casco „River“ safida ilk golini urdi[11].

Xalqaro faoliyati tahrir

2015-yil 7-iyulda Boliviyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Oscar Casco Argentina terma jamoasida debyut qildi[12]. Oʻsha yili Oscar Casco Chilida boʻlib oʻtgan Amerika kubogi finalchisiga aylandi.

2019-yilning yozida Oscar Casco Braziliyada boʻlib oʻtgan Amerika Kubogi-2019 musobaqasida ishtirok etdi. Turnirda u Paragvayga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[13].

Statistika tahrir

Turnir Davlat Natija O`yinlar Gollar
Copa América-2015   Chili Kumush medal 0 0
Copa América-2019   Braziliya Bronza medal 2 0

Manbalar tahrir

  1. Milton Casco // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. Milton Casco // FBref.com (Wayback Machine saytida 2022-10-02 sanasida arxivlangan(mn.)
  3. Milton Óscar Casco81983 // As (isp.) — Madrid: Grupo PRISA, 1967.
  4. „Колон vs. Химансия Ла-Плата 2:0“ (en). soccerway.com (2009-yil 13-iyun). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-may.
  5. „Ньюэллс Олд Бойз vs. Сан-Мартин Сан-Хуан 2:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 21-avgust). 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-may.
  6. „Ньюэллс Олд Бойз vs. Расинг 4:3“ (en). soccerway.com (2013-yil 28-aprel). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-may.
  7. „Велес Сарсфилд vs. Ньюэллс Олд Бойз 1:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 16-may). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-may.
  8. „Олимпия vs. Ньюэллс Олд Бойз 4:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 12-mart). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-may.
  9. „Ньюэллс Олд Бойз vs. Атлетико Насьональ 1:3“ (en). soccerway.com (2014-yil 14-aprel). 2014-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-may.
  10. „Ривер Плейт vs. Бока Хуниорс 0:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 13-sentyabr). 2016-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-sentyabr.
  11. „Ривер Плейт vs. Атлетико Сармиенто 2:2“ (en). soccerway.com (2016-yil 9-aprel). 2016-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-sentyabr.
  12. „Аргентина vs. Боливия 5:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 7-iyun). 2015-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-avgust.
  13. „Аргентина VS. Парагвай 1:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 20-iyun). 2019-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-noyabr.