Mir Doʻstimbiy madrasasi
Mir Doʻstimbiy madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.
Mir Doʻstimbiy madrasasi XVI asrda Mir Doʻstim guzarida[1], Buxoroda hukmronlik qilgan shayboniy Abdullaxon II davrida Mir Doʻstimbiy ibn amir Tangriqulibiy tomonidan bunyod etilgan. Sadri Ziyo maʼlumotlariga koʻra ushbu madrasa Abdullaxon ibn Iskandarxonning kuyovi Muhammad Amin ibn Muhammad Nafas mablagʻiga qurilganini yozadi. U Abdullaxon II ning Bibi Robiya qiziga uylangan. Mir Doʻstimbiy ibn amir Tangriqulibiy oʻzbek qavming qoʻshchi urugʻidan boʻlgan. U faoliyati davomida Samarqandda shayboniy hukmdor Abdulatifxonning otaligʻi boʻlgan va u yerda amirlar amiri vazifasini bajargan. U bundan tashqari Abdullaxon II ning ishonchli kishilaridan biri boʻlgan va tez-tez hukmdorning muhim topshiriqlarini bajarib turgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Buxoro amirligida faoliyat olib borgan Ostonqul qoʻshbegi 1904—1905-yillarda ushbu madrasa uchun mulkidan vaqf qilgan. Bundan tashqari 1915-yil 19-dekabr kuni Masturaoy binti Mirzo Umar ushbu madrasa uchun 5 tanob mulki xur yerini vaqf qilgan. Mir Doʻstimbiy madrasasida har bir hujrasida ikki nafardan talabalar istiqomat qilgan. Talabalar har juma va dushanba kunlari „Ixlos“ surasini uch martadan tilovat qilib, savobini voqif ajdodlari ruhiga bagʻishlagan. 1917-yil 1-iyul kuni Tuhfaoy binti Qurbonoy mazkur madrasa uchun Janubi ruddagi Oshpaymoni mavzesida 4,25 tanob yerni vaqf qilgan[2]. Sadri Ziyo ushbu madrasada 10 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[3].
Mir Doʻstimbiy madrasasi 10 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.
Madrasa | |
Mir Doʻstimbiy madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Mir Doʻstimbiy ibn amir Tangriqulibiy |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Mir Doʻstimbiy ibn amir Tangriqulibiy |
Asosiy sana: XVI asr
| |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 10 ta |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Manbalar
tahrir- ↑ Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet.
- ↑ Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.
- ↑ Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122-bet.