Ubaydulloh Shariyatullohxon (taxminan 1671-yil) – 1718-yildan keyin Mir Jumla III nomi bilan mashhur boʻlib, Mugʻullar imperatori Farrux Siyyor saroyida xizmat qilgan zodagon edi. U Moʻgʻullarllar saroyining aka-uka Sayidlarga qarshi boʻlgan jamoaning rahbari boʻlgan va Moʻgʻullar imperatoriga katta taʼsir oʻtkazgan.

Hayotning boshlangʻich davri

tahrir

Mir Jumla Ubaydulloh Shariyatullohxon taxminlarga koʻra 1670- 1671-yillar atrofida Samarqandda tugʻilgan. Uning otasi Mir Muhammad Vafo edi. U Hindistonga yoshligida Boburiy hukumdor Avrangzeb davrida koʻchib kelgan. U dastlab Bengal viloyatidagi Jahangirnagar (hozirgi Dakka)da, keyinroq Bihardagi Azimobodda (hozirgi Patna) qozi (islom qozisi) boʻlib ishlagan. Mir Jumla oʻsha paytdagi Bengaliya va Bihor gubernatori Azim-ush-Shon va uning ikkinchi oʻgʻli Farrux Siyyorning ishonchli odami hisoblangan, ayrim nozik masalalar yuzasidan yosh shaxzodaga kerakli maslahatlar berib turgan[1].

Faoliyati

tahrir

1713-yilda Moʻgʻullarning vorislik urushi paytida Mir Jumla Nizom ul-Mulk va Aminxon oʻrtasida yashirincha muzokaralar olib borib, ularni jang qilmaslikka koʻndiradi[1]. Farrux Siyyor 1713-yilda Moʻgʻul taxtiga oʻtirganidan soʻng aka-uka Sayyidlar yordamida Mir Jumla aka-uka hukmronligiga qarshi boʻlgan saroy firqasining yetakchisi boʻladi. Uning jamoasi aʼzolari orasida imperatorning shaxsiy doʻsti boʻlgan Samsam-ud-Daulah Xon Dauran bor edi[1]. 1713-yil 17-yanvarda[1] Farruxsiyar Mir Jumlani xavolar va gʻusalxonaga (maxfiy kengash xonasi) nozir qilib tayinladi[1]. 1713-yil iyun oyida Mir Jumla Bengaliya gubernatori, Murshid Qulixon oʻrinbosari etib tayinlandi[1]. 1713-yilning martidan 1714-yilning apreligacha Farrux Siyyor bir qancha qoʻzgʻolonchilarni qatl qildi, jumladan: Saʼdullaxon, Ichki ishlar uchun masul va bosh nozir Sidi Qosim[1].

Aka-ukalar orasidagi kelishmovchiliklar

tahrir

Sayyid Husayn Ali Xon Barha Marathalarga qarshi yurish uchun tayyorgarlik moʻrayotgan vaqtda Mir Jumla tashqi va ichki ziddiyatlar tufayli tushkunlikka tushib qolgan edi[1]. U ocharchilikdan foydalanib, Farrux Siyyorni manipulyatsiya qilib, aka-uka Sayyidlar unda oʻz maqsadlarida foydalanishyapti deb oʻylaydi[2]. Imperator: „Mir Jumlaning soʻzi va muhri Farrux Siyyorning soʻzi va muhridir“, deb oʻz nomidan hujjatlarni imzolashga vakolat bergan edi[2]. Mir Jumla oʻzining atrofidagi kishilarni Bosh vazirning ruxsatisiz turli lavozimlarga tayinlagan. Bu Sayyid Hasan Ali Xon Barhani gʻazablantirdi, u ham Mir Jumla davlat uchun havfli boʻlgan kishilar undan foydalanib turli mansablarga chiqib olishidan havotirda edi[1].

1714-yil iyulidan imperator va aka-uka Sayyidlar oʻrtasidagi kelishmovchilik yana ham kuchayib ketdi. Xon Dauran bilan birga Mir Jumla ham martaba boʻyicha koʻtarilib, imperator tomonidan aka-uka Sayyidlarni agʻdarish uchun hozirlanayotgan edi. Mir Jumla qoʻshimcha 5000 moʻgʻul qoʻshinini boshqarishga topshirildi[1]. Keyinchalik Mir Jumla Sayyid Hasan oʻrniga amalda imperiyaning bosh vaziri boʻldi[1]. Biroq keyinroq Muhammad Aminxonning maslahati bilan imperator aka-uka sayyidlarga qarshi kurash qaroridan voz kechdi va uning oʻrniga Mir Jumlani devon (davlat bosh vaziri) qilish haqida oʻyladi. Shunda aka-uka Sayyidlar yangi devonga qarshi kurashadi, degan fikrda edi. Biroq Mir Jumla arzimas bahonalar topib, mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishdan bosh tortdi[1]. Satish Chandraning yozishicha, u haqiqiy jangchi emas, balki honaki jangchi edi[2]. Koʻp marta berilgan buyruqlarga qaramay, Farrux Siyyor atrofidagi zodagonlardan birortasi ham aka-uka Sayyidlar bilan jang qilishga tayyor emas edi. Natijada u ular bilan tinchlik muzokaralarini boshladi. Ular Mir Jumlani Moʻgʻullar saroyidan ishdan boʻshatishni talab qildilar va u imperator va aka-uka oʻrtasida kelishilgan shartnomaga muvofiq 1714-yil 11-dekabrda Biharga joʻnatildi[1].

Dehliga qaytish

tahrir

1716-yil 16-yanvarda Mir Jumla Dehliga qaytib keldi. Uning kelgani haqidagi xabar shaharga tarqalgach, bu voqeadan imperator noroziligini bildirdi. Aka-uka Sayyidlar shikoyat qildilar va Farruxsiyar uni Lahorga surgun qilgan[1]. Mir Jumla shaharni tark etishni istamadi va uning qoʻshinlari qoʻzgʻolon koʻtardi. Ular maoshlarini toʻliq olmaganliklarini va toʻlovlari toʻlanmaguncha koʻchib oʻta olmasliklarini daʼvo qilishgan. Mir Jumla boshchiligida ular xazinabon Muhammad Aminxon Turaniy va Xon Dauronning uyini oʻrab oldilar. Qamal bir oy davom etdi. Oxir-oqibat, Farrux Siyyor qoʻshinlarga juda katta miqdordagi maosh toʻlagan. Shuningdek, u Mir Jumlani unvonlaridan mahrum qildi va barcha lavozimlaridan ozod qildi. 3 mart kuni u Nizom-ul-Mulkning uyiga bordi, u oʻz navbatida uni Sirhindga surgun qilgan[1].

Mir Jumla 1718-yil sentabrda Dehliga yana qaytib kelgan. 1718-yil 31-oktabrda Nizom-ul-Mulkning yordami tufayli imperator tomonidan unga 800 kishilik qoʻshin taqdim etildi. Uning unvonlari tiklandi va ularga Tarxon unvoni ham qoʻshildi[1].

Sarlavhalar

tahrir

Uning toʻliq ismi, jumladan, Mutamid-ul-Mulk, Muazzamxon, Xon Xonnon, Bahodir, Muzaffar Jang, Mir Jumla, Tarxoniy, Sultoniy[1].

Adabiyotlar

tahrir
  • Irvine, William (2006), The Later Mughals, Low Price Publications, ISBN 81-7536-406-8
  • Chandra, Satish (July 2007), Medieval India: From Sultanat to the Mughal Empire, Har Anand Publications Pvt Ltd., ISBN 978-81-241-1269-4

Manbalar

tahrir
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 Irvine.
  2. 2,0 2,1 2,2 Chandra 2007.