Mir Qarshiy
Mir Qarshiy — (taxminan XV asrda yashagan) shoir va sahhof. Fors-tojik tilida „Xatoiy“ taxallusi bilan ijod qilgan[1].
Hayoti va faoliyati
tahrirAsli Qarshilik, XV asrning 2-yarmidan keyin hayoti Samarqandda oʻtadi. Alisher Navoiy "Majolisu-n-nafois" tazkirasining ikkinchi majlisida u haqida maʼlumotlar keltirib oʻtadi: „Mir Qarshiyning Samarqand bozoridagi sahhoflik doʻkoni hamisha adabiyot ixlosmandlari bilan gavjum boʻlgan. Mir Qarshiy bu oʻziga xos adabiy anjumanga rahbarlik qilgan, rangin gʻazallar bitgan. Anʼanaga koʻra, fors-tojik tilida „Xatoiy“ taxallusi bilan ijod qilgan[2]“. Alisher Navoiy asarida uning quyidagi bayti ham keltirib oʻtiladi:
Nest oyini muhabbbat kardan az yore gila,
Varna z-on badaxd mekardem bisyore gila.
Mazmuni: Muhabbat qoidasida yordan gina qilish yoʻq, boʻlmasa, u vafosizdan koʻp gina qilar edim.
Vafoti
tahrirMir Qarshiy Samarqandda vafot etgan va shu shaharga dafn etilgan[3].
Adabiyotlar
tahrirMuhammadiyev N. „Nasaf va Kesh allomalari“ 68-bet.
Manbalar
tahrir- ↑ Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat.
- ↑ Alisher Navoiy. Majolis un-nafois.
- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. «Imom Buxoriy xalqaro markazi» [2016] — 509-bet.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |