MIRGʻIYOSOV Turdi (1896-1951) - oʻzbek havaskor arxeolog va etnograflaridan. Toshkentda tugʻilgan. Toʻqmoq shahri (Qirgʻiziston)da yangi usuldagi maktabni (1908), diniy maktabni (1913) tamomlab, oʻqituvchilik qilgan. 1926-yildan umrining oxirigacha Oʻrta Osiyo tarixi muzeyi (hozirgi Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi)da katta ilmiy xodim boʻlib ishlagan. 1927-29 yillarda dunganlar haqida etnografik ma’lumot toʻplagan. Toʻytepadagi Nukat shahar xarobasini akademik Yahyo Gʻulomov bilan tadqiq etib, u yerdan qadimiy zardushtiylarning nekropoli (qabristoni), ostodonlarni topgan (1937). 1930-yilda Leypsig xalqaro koʻrgazmasiga etnografik material toʻplagan. 1942-yilda Oʻrta Osiyo xalqlarining turmushi va madaniyatiga bagʻishlangan koʻrgazma tashkil etgan. Mirgʻiyosov toʻplagan qimmatli materiallar Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida saqlanmoqda.[1]

Manbalar tahrir

  1. ТОШКЕНТ. Энциклопедия. «Ўзбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2009-й.361 бет