Mirza Ahmad masjidi – (ozarbayjoncha: Mirzə Əhməd məscidi) – Ozarbayjon poytaxti Boku shahri, Icheri-sheher kvartali, Mirza Alakbar Sobir koʻchasida joylashgan, 1345-yilda bunyod etilgan masjid[1]. Masjid turar-joy binolari bilan bir qatorda joylashgan boʻlib, Hoji Mirzo Ahmad tomonidan qurdirilgan[2].

Masjid
Mirza Ahmad masjidi
ozarbayjoncha: Mirzə Əhməd məscidi
Mamlakat  Ozarbayjon
Boku Icheri-sheher
Manzil Mirza Alakbar Sobir koʻchasi
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Shirvon-Absheron meʼmorchilik maktabi
Meʼmor Hoji Mirzo Ahmad
Binokorlik sanasi 1345 yil

Arxitekturasi tahrir

Qurilish rejasiga koʻra, Mirza Ahmad masjidi toʻrtburchak shaklda bunyod etilgan boʻlib, kvadrat shaklidagi vestibyul, masjidga tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish xonasi va namozxonadan iborat. Ushbu meʼmoriy yodgorlikda, shuningdek, mahalliy toshdan yasalgan gumbazlar va qirrali ravoqlar ham mavjud[2].

Masjidning kirish eshigi oʻrtasida Qur’on oyatlari hamda masjid meʼmorning ismi yozilgan. Binoning tomi va unga tutash yordamchi binolar vayron boʻlgan.

Mirza Ahmad masjidi eski ibodatxona oʻrnida qurilgan degan taxminlar ham mavjud[2].

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Бретаницкий, Леонид. Зодчество Азербайджана XII-XV вв. и его место в архитектуре Переднего Востока. Moscow: Наука, 1966 — 400 bet. 
  2. 2,0 2,1 2,2 „Religious-Architectural Monuments of Icherisheher“ (az). icherisheher.gov.az. 2021-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-iyul.