Mirza Salimbek Ibn Muhammad Rahim (1850, Buxoro amirligi1930, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi) — Buxoro amirligida tavallud topgan, bosh zakotchi, tarixchi, shoir, to‘qsabo, davlat arbobi, diplomat[1].

Mirza Salimbek ibn Muhammad Rahim
 Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasining vaqf ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari
Mansab davri
1922 – 1924
Bosh vazir Fayzulla Xo‘jayev
 Buxoro bosh zakotchisi
Mansab davri
1917 – 1920
Monarx Amir Olimxon
 Chorjo‘y beki
Mansab davri
1920 – 1920-yil 29—avgust
Monarx Amir Olimxon
 Shahrisabz beki
Mansab davri
1910 – 1913
Monarx Amir Nasrulloh
 Sherobod beki
Mansab davri
1905 – 1909
Monarx Abdulahadxon
 Boysun beki
Mansab davri
1902 – 1905
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Buxoro amirligi
Vafoti Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi
Bolalari Qilichbek
Otasi Muhammad Rahim

Hayoti

tahrir

Mirza Salimbek hayoti haqida kam maʼlumot mavjud. Taxminan 1850—yilda Buxoro amirligida badavlat va nufuzli oilada tavallud topgan[2]

Siyosiy faoliyati

tahrir

Faoliyatini 1871-yilda Narpay va Ziyovuddin xokimi qo‘l ostida kotiblikdan boshlagan. Lekin, oradan olti oy o‘tib amir Muzaffarning amri bilan amirlikning Toshkentdagi savdo vakili (1873- 1885) sifatida Toshkenda yashay boshlaydi. U yerda 12 yil istiqomat qiladi. Qaytganidan so‘ng Somjin tumaniga amlokdor etib tayinlanadi. Shundan keyin uning martabasi oshib bordi. 1888—1893 yillarda Buxoro shahri mirshabi, Yakkabogʻ (1893-1998), Nurota (1898—1902), Boysun (1902—05), Sherobod (1905—1909), Shahrisabz (1910—1913), Chorjoʻy (1920) viloyatlari hokimi va bosh zakotchi lavozimlarini egallagan.

1885—yilda Abdulahadxon Sankt-Peterburgga tashrif buyuradi. Unga bu tashrifda Hisor hokimi Ostonaqul qo‘shbegi va Mirza Salimbek hamrohlik qilgan.

Kolesov boshliq qizil qoʻshinlarning Buxoroga hujumi paytida (1918-yil, mart) amirning Kolesov bilan muzokara olib borgan vakillar hayʼatiga rahbarlik qilgan, keyinchalik devonbegi va zakotchi lavozimiga koʻtarilgan (1917—20).

1920—yil 29—avgustda qizil qoʻshinlar tomonidan hibsga olingan va amirlikning boshqa amaldorlari bilan Sibirga surgun qilingan. 1922—24 yillarda Buxoro respublikasi „Avkrf“, „Anjumani tarix“ tashkilotlarida ishlagan.

Vafoti

tahrir

Mirza Salimbek 1930—yilda vafot etgan.

Asarlari

tahrir

Mirza Salimbek bir necha tarixiy va adabiy asarlar muallifi hamdir. U yozgsn asarlar orasida „Kashkuli Salimiy“ („Salimiyning darveshlar xaltasi“), „Jomei gulzor“ („Gulzor majmui“) sheʼriy asar, „Ahodisileʼmol“ („Amaldagi hadislar“) (1911, Buxoro), „Durratil voizin“ („Voizlar sochgan durlar“) (1909, Buxoro), „Muxbirul-hikoyot“ („Xabar beruvchining hikoyalari“) (1908, Toshkent), „Kaʼbulaxbor hikoyalari“ (1909, Toshkent), „Tarixi Salimiy“ („Salimiyning tarixi“) bor. Tarixchilar uchun eng muhim asarlar „Kashkuli Salimiy“ va „Tarixi Salimiy“dir. „Kashkuli Salimiy“ tarixiy asari 1913—yilda litografiyada bosilgan va O‘rta Osiyoning XII asrdan tortib XIX asrgacha bo‘lgan tarixini o‘z ichiga oladi. „Tarixi Salimiy“ asari „Kashkuli Salimiy“ning davomi bo‘lib, uning ancha to‘ldirilgan nusxasi sifatida baholanishi mumkin. Kitob 2 qismdan iborat. Birinchi qismida Chingizxon davridan amir Muzaffar davrigacha bo‘lgan voqealar hikoya qilingan. Ikkinchi qismida esa yozuvchi o‘zi guvoh bo‘lgan 1860—1920 yilgi voqealar haqida yozgan. Asarda amir Muzaffar davrida Hisor, Ko‘lob, Qorategin, va Darvozda bo‘lib o‘tgan isyonlar, Buxoro-Qopqon, Buxoro-Rossiya munosabatlari, Buxoro amirligining XIX asrning ikkinchi yarmidagi maʼmuriy tuzilishi, umumiy ahvoli yoritilgan. Bu kitob 1968-yilda Norqulov tomonidan rus tiliga o‘girilgan, lekin, chop etilmagan. Salimbek tazkira ham tuzgan. Qori Rahmatulla Vozexning „Tuhfatul-ahbob“ („Dilga yaqin kishilarga tuhfa“) tazkirasini nashrga tayyorlashda, oʻziga zamondosh 100 ga yaqin shoirlar haqidagi maʼlumotlarni unga ilova qilgan[3][4]

Manbalar

tahrir
  1. „Звание диванбеги может быть приравниваемо к званию статс-секретаря“. 2017-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-avgust.
  2. Tuksaba — komandir polka, podpolkovnik ili polkovnik
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  4. D. H. Ziyayev. O‘zbekiston tarixiga oid manba va tadqiqotlat. Nurafshon biznes, 2022 — 50-bet. Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.