Mirzaboy tizmasi
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mirzaboy tizmasi — Chatqol togʻlari tarkibidagi (Toshkent viloyati) tizma. Katta Chimyon choʻqqisidan 8 km janubi-gʻarbda, Oqsoqotasoy havzasidagi Berkota va Nurakotasoylar oraligʻida joylashgan. Janubi-sharqdan shim.-gʻarbga yoʻnalgan. Uzunligi 8 km. Eng baland joyi 2422 m. Ikkala yon bagʻrining relyefi simmetrik shaklda tuzilgan, deyarli bir xil qiyofaga ega. Urtacha parchalangan. Suvayirgʻich Femida kuchli parchalangan yon bagʻirlar uchraydi. Quyi va oʻrta karbon davrining metamorfik va choʻkindi jinslaridan hosil boʻlgan. Jigarrang va och qoʻngʻir tuproklarda siyrak archazorlar tarqalgan. Yozgi yaylov sifatida foydalaniladi. Yaylovlarning oʻrtacha mahsuldorligi gektariga 5—8 s.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |