Mirzaqayum Sherov  — (1897—1932) — Sharqiy Buxoroda qizil armiyaga qarshi kurashgan qoʻrboshilardan biri. Ibrohimbek qoʻrboshining shaxsiy kotibi[1].

Mirzaqayum Sherov
Mirzaqayum Sherov
Buxorodagi mashhur qoʻrboshi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1897-yil
Sharqiy Buxorodagi Kangurt tumani Sariyob qishlogʻi
Vafoti 1932-yil

Tarjimayi holi

tahrir

Mirzaqayum Sherov 1897-yili Sharqiy Buxorodagi Kangurt tumani Sariyob qishlogʻida tavallud topgan. Kelib chiqishi oʻzbeklarning laqay urugʻidan. Laqay urugʻining esonxoʻja shoxidan, esonxoʻja shoxining kuntu shoxobchasidan. Dastlab u madrasada taʼlim oladi. Faoliyati davomida dehqonchilik va mirzalik bilan shugʻullangan.

Qoʻrboshilik faoliyati

tahrir

Mirzaqayum Sherovning 1931-yil 3-iyul Murtazin tomonidan qilingan soʻrogʻidan maʼlum boʻlishicha 1926-yilda Ibrohimbek uni oʻziga kotib qilish uchun chaqirgan. Shu paytga qadar Mirzaqayum Sherov dehqonchilik bilan shugʻullanadi. 1926-yilda qizillar hujumini qaytarishga kuchi yetmagan Ibrohimbekning 50 yigiti qatorida Mirzaqayum ham Chubek va Beshkapa orqali Afgʻoniston hududiga oʻtib ketgan. Afgʻonistondagi Rustoqda 3 kun yashagan. Keyinchalik Ibrohimbek bilan birgalikda Xonobodga, keyinchalik esa Kobulga yoʻl olgan va Qal’ayi Fotuga borgan. U Xonobod tumanidagi Aylobod mavzesida dehqonchilik bilan shugʻullangan va bu yerda 3 yil yashagan. Mirzaqayum Sherov Oybuloq qishlogʻida 1931-yil yozida sovet hokimiyatiga taslim boʻlgan. 1931-yil 28-oktabrda Mirzaqayum Sherov Durov tomonidan qilingan soʻrogʻiga koʻra Ibrohimbek Tojikiston SSR hududiga oʻtgandan soʻng Mirzaqayum unga 4 ta joyda hujjatlar va murojatnoma yozishda kotiblik qiladi. Mirzaqayum 1931-yil yozida Stalinobod GPU tomonidan qoʻlga olingan. Denov GPU tomonidan esa bir marta soʻroq qilingan. 1931-yilda Mirzaqayum Sherov tergovchiga bergan koʻrgazmasi „Vatan“ gazetasida Toshkentda 1993-yil 3-noyabrda eʼlon qilingan. 1932-yil 13-apreldagi sovet hukumati qarori bilan Toshkentda 35 yoshda 1932-yil 10-avgustda otib tashlangan[2].

Manbalar

tahrir
  1. Rajabov Q. Ibrohimbek qoʻrboshi va safdoshlari jasorati. Toshkent: „Fan“, 2022 — 399-bet. 
  2. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari. Toshkent: „Fan“, 2022 — 400-bet.