Mitu
Mitu, yoki kraks mitu (lotincha: Mitu mitu) – yovvoyi tabiatda yoʻqolib ketgan kraks mitu jinsiga mansub qushlarning noyob turi. Dastlab Braziliyaning Alagoas va Pernambuko shtatlarining Atlantika sohili qirgʻogʻidagi yomgʻirli oʻrmonlarda tarqalgan. Mitú, Mutú yoki Mutúm soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, tupi tilidan tarjima qilinganda „qora“ degan maʼnoni anglatadi[1].
Mitu | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Qushlar |
Infrasinf: | Neognatlar |
Turkum: | Tovuqsimonlar |
Oila: | Krakslar |
Kenja oila: | Oreophasinae |
Urugʻ: | Mitu |
Turlari: | Mitu |
Binar nomi | |
Mitu mitu (Linnaeus, 1766) | |
Sinonimlari | |
Crax mitu | |
Qizil nuqtada turning populyatsiya mintaqasi koʻrsatilgan |
Taksonomiyasi
tahrirMitu birinchi marta nemis tabiatshunosi George Marggraf tomonidan 1648-yilda nashr etilgan „Historia Naturalis Brasiliae“ asarida tilga olingan. 1766-yilda tur birinchi marta ilmiy jihatdan tavsiflangan. 1952-yilgacha mitu Mitu tuberosum turiga kiritilgan edi. Keyinchalik M. tuberosumning shimoli-sharqiy kichik turi tarkibiga kiritilgan, shundan soʻng adabiyotda Crax mitu mitu (sinonimlari: Mitu mitu mitu, Pauxi mitu) ilmiy nomi berilgan. 1992-yildan beri koʻplab olimlar Mitu mitu va Mitu tuberosum ikkita alohida tur ekanligiga ishonib kelishadi.
Tavsifi
tahrirTana uzunligi 83-89 smga yetadigan nisbatan yirik qush. Patlari qora, yaltiroq binafsha-koʻk rang, qorin va pastki qismi kashtan-jigarrang koʻrinishda[2]. Tumshugʻi katta, pastki qismi qavariq, uchi yorqin qizil rangga ega. Oyoqlari va barmoqlari qizil, koʻzlari qizil-jigarrang. Qulogʻining orqa sohasida yarim oy shaklida kulrang-oq rangdagi patsiz terisi mavjud[3].
Yovvoyi tabiatdagi turning xulq-atvori va ekologik holati haqida juda oz maʼlumot mavjud. Qushlar Phillanthus va Eugenia daraxtlarining mevalari bilan oziqlanishi maʼlum. Ushbu turning reproduktiv biologiyasi haqida kamroq maʼlumot mavjud. 1978-yilda zich oʻsgan oʻtlar orasida joylashgan uyasi topilgan. Asirlikda urgʻochilar ikki yoshida koʻpaya boshlaydi va har yili 2-3 tuxumni bosadi[3]. Asirlikda umr koʻrish davomiyligi 24 yilgacha boʻlishi mumkin[4].
Yoʻqolib borishi
tahrir1648—1951-yillar oraligʻida mitu Pernambukodagi muzeyda saqlanib qolgan yagona namunasidangina maʼlum boʻlgan. Tur 1951-yilda Alagoas shtatidagi Migel-dus Kamposda qayta kashf qilinmaguncha ornitologlar uchun sirli boʻlib kelgan. 1960 va 1970-yillarda bu turning 20 dan kam individlari mavjud boʻlgan va 1984-yilda tabiiy holda faqat ikkita oʻldirilgan namunalar topilgan. Qushlarning mazali goʻshti uchun shafqatsiz ovlanishi, shuningdek, pasttekislikdagi oʻrmonlarning asosan shakarqamish yetishtirish uchun tozalanishi tufayli yashash hududlarining vayron boʻlishi turning yoʻqolib ketish yoqasiga olib kelgan. 1977-yilda braziliyalik tabiatni muhofaza qilish mutaxassisi Pedro Mario Nardelli Rio-de-Janeyro yaqinidagi Nilopolisda qushlarni koʻpaytirish uchun pitomnik qurgan, qushlarning soni 1979-yilda – 4 ta, 1993-yilda – 34, 2000-yilda – 44 taga yetgan. Keyingi davrda Braziliya bogʻlari va hayvonot bogʻlari ham mituni koʻpaytirishga qoʻshilgan, shuning uchun 2003-yilda qushlarning umumiy soni 81 ta, 2008-yilda 130 ta, 2015-yilda esa 230 ga yaqin boʻlgan. Biroq, bu qushlarning 35 foizi Mitu tuberosum bilan duragay turlardir. 2015-yil oktyabr oyida Braziliyaning Foz du Iguasu shahridagi Qushlar bogʻi hayvonot bogʻida birinchi marta yangi tugʻilgan mitu joʻjasi suratga olingan.
Manbalar
tahrir- ↑ Jobling J. A.. The Helm Dictionary of Scientific Bird Names. London: A&C Black Publishers Ltd, 2010. ISBN 978-1-4081-2501-4.
- ↑ „Alagoas Curassow“. Birdlife International (2013). Qaraldi: 2013-yil 23-oktyabr.
- ↑ 3,0 3,1 Harry, Tim „Bird Facts Alagoas Curassow“. Birds: Critters 360 (2006-yil 6-dekabr). 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-oktyabr.
- ↑ „Alagoas Curassow“. The Website of Everything (2010). Qaraldi: 2013-yil 23-oktyabr.
Adabiyotlar
tahrir- ET Grau, SL Pereira, LF Silveira, A Wajntal: Molecular markers contribute to a breeding programme of the extinct-in-the-wild Alagoas Curassow Mitu mitu and confirm the validity of the species. In: Bird Conservation International. Band 13, 2003, S. 115—126 PDF.
- Luís Fábio Silveira, Fábio Olmos, Adrian J. Long: Taxonomy, history, and status of Alagoas Curassow Mitu mitu (Linnaeus,1766), the world’s most threatened cracid. In: Ararajuba. Band 12, Nr. 2, 2004, S. 125—132 PDF.
Havolalar
tahrirVikiomborda Mitu haqida turkum mavjud |