Mixail Vladislavovich Bochenkov (1975-yil tavallud topgan — 2000-yil vafot etgan) — rus askari, Rossiya Federatsiyasi Qahramoni[1].

Mixail Bochenkov
Tavalludi 1975-yil
Vafoti 2000-yil
Unvoni
Mukofotlari

Hayoti va faoliyati

tahrir

1975-yil 15-dekabrda Qo‘qon shahrida ishchilar oilasida tugʻilgan. 1982—1990-yillarda 76-maktabda o‘qigan. 1990-yilda Leningrad Suvorov harbiy bilim yurtiga oʻqishga kiradi[2] va uni 1992-yilda tugatdi. Keyin Leningrad oliy qoʻshma qurollar qoʻmondonlik bilim yurtiga oʻqishga kirdi va u yerni oltin medal bilan tamomladi. 1999-yil Kavkazda, Buynaksk, Urus-Martan, Kizlyar, Novolakskiy va Xasavyurtdagi jangovar harakatlarda qatnashgan[1].

GRU maxsus kuchlarining 2-brigadasi razvedka komandiri. Kapitan Mixail Bochenkov Checheniston xizmat safarining ikkinchi muddatiga oʻz ixtiyori bilan qoladi. 2000-yil 21-fevralda Xarsenoy qishlogʻi yaqinida uning razvedka guruhi jangarilarning katta otryadini topadi. Dushman askarlarining ustunligiga qaramay Mixail Bochenkov jangga qoʻshilishga qaror qildi. U va uning kichik guruhi vertolyotlar va artilleriya oʻqlari yordamga yetib kelguncha jang qildi. Dushman yoʻq qilindi, ammo kapitan Mixail Bochenkov va uning bir qancha qoʻl ostidagilari oʻzlarining harbiy burchlarini sharaf bilan bajarib, tengsiz jangda halok boʻldilar[3].

Mukofotlari

tahrir

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirining Faxriy yorligʻi, „Jasorat“ ordeni bilan taqdirlangan. Shimoliy Kavkaz hududida noqonuniy qurolli tuzilmalarni yoʻq qilish paytida koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2000-yil 24- iyundagi 1162-sonli farmoni bilan maxsus kuchlar guruhi qoʻmondoni kapitan Mixail Bochenkovga Rossiya Federatsiyasi Qahramoni unvoni berilgan (vafotidan keyin)[4]. Rossiya Federatsiyasi Qahramoni oltin yulduz medalini kapitan Mixail Bochenkovning ota-onasiga Leningrad harbiy okrugi qoʻmondoni, general-polkovnik V. Bobryshev tomonidan berilgan.

Manbalar

tahrir