Mixail Gayvoronskiy
Mixail Orest Gayvoronskiy (Mixailo Orest Gayvoronskiy) (ukraincha: Михайло Орест Гайворонський) (1892-yil 15-sentyabr – 1949-yil 11-sentyabr) – ukrainalik bastakor, musiqachi, dirijyor, oʻqituvchi, skripkachi va tanqidchi.
Mixail Gayvoronskiy | |
---|---|
Mixail Gayvoronskiy portreti | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Mixail Gayvoronskiy 1892-yil 15-sentyabr |
Vafoti |
1949-yil 11-sentyabr Nyu York, AQSH |
Kasbi |
Bastakor Skripkachi Dirijor Oʻqituvchi |
Biografiyasi
tahrirUkrainada
tahrirMixail Gayvoronskiy 1892-yil 15-sentyabrda Podolsk viloyatidagi Zalishiki shahrida tugʻilgan. 1912-yilda Zalishiki seminariyasini tugatgandan soʻng, Lvovdagi Nikolay Lisenko nomidagi musiqa institutiga oʻqishga kirgan. Birinchi jahon urushi boshida Gayvoronskiy Galich milliy mustaqillik harakatida qatnashgan. Koʻplab orkestrlarning tashkilotchisi, dirijyori va nazoratchisi boʻlgan. 1920-yillarning boshlarida Mixail musiqiy hayotda faol ishtirok etgan. Lvovdagi Nikolay Lisenko nomidagi musiqa institutida dars bergan, qizlar gimnaziyasida musiqa oʻqituvchisi boʻlgan va birlashgan bayanchi va banduristlar xoriga dirijyorlik qilgan.
Amerika Qoʻshma Shtatlarida
tahrir1923-yilda M. Gayvoronskiy AQShga Nyu York shahriga koʻchib oʻtgan. Bu yerda 1924-yilda musiqa konservatoriyasiga asos solgan va Kolumbiya universitetida maʼruza qilgan. Keyinchalik 1936-yilgacha oʻzi boshqargan Ukraina cholgʻu orkestrini tashkil qilgan. Gayvoronskiy, shuningdek, yetti cherkov xori qoʻshiqchilari bilan qoʻshma xor tashkil qilib, unga dirijyorlik qilgan. Ular bilan 1932-yildan 1936-yilgacha oʻz asarlaridan katta kontsertlar bergan. 1930-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, bastakor musiqa yozish va Amerikadagi ukrainalik yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga koʻproq eʼtibor qaratgan. Gayvoronskiy 1949-yil 11-sentabrda Nyu-Yorkda vafot etgan va shu yerda dafn etilgan.
Havolalar
tahrir- Pisni.orgdagi maʼlumot (ukraincha)
- Yoshlar kutubxonasi (Wayback Machine saytida 2012-02-09 sanasida arxivlangan) Gayvoronskiy haqidagi maqola (ukraincha)
- Striletskiy qoʻshigʻiga misol Gayvoronskiyning soʻzlari va musiqasi (ukraincha)
Adabiyotlar
tahrirWytwycky W. Maykl O. Hayvoronsky – Life and work NY, 1954