Mixail Prixojan
Mixail Aleksandrovich Prixojan (1910-yil, Namangan, Fargʻona viloyati, Rossiya imperiyasi — 1976-yil, Moskva, SSSR) — sovet davlat arbobi, qurilish boʻyicha yirik mutaxassis.
Mixail Prixojan | |
---|---|
Tavalludi |
1910-yil |
Vafoti |
1976-yil Moskva, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | meʼmor |
Turmush oʻrtogʻi | Polina Yakovlevna Podgoretskaya |
Bolalari | Vladimir, Leonid, Anna Prixojan |
Mukofotlari |
Tarjimayi holi
tahrirMixail Prixojan 1910-yil Fargʻona viloyati, Namangan shahrida tavallud topgan[1]. 1936-yilda Moskva muhandislik-qurilish institutini (hozirgi Moskva davlat qurilish universiteti) tugatgan. Insititutni tugatgach, Prixojan Moskva avtomobil zavodi qurilishida ishlaydi, zavodda dastlab ish boshqaruvchi, keyinchalik qurilish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan. 1940-yilda Tula shahridagi 1-sonli qurilish trestining boshqaruvchisi vazifasida faoliyat yuritgan[1]. 1941—1954-yillarda Prixojan SSSR Qurilish xalq komissarligi tizimida (keyinchalik SSSR Ogʻir sanoat korxonalarini qurish vazirligi), yaʼni 1941—1945-yillari Chelyabinskdagi 8-sonli maxsus qurilish-montaj boʻlinmasida (Chelyabinskdagi bir qator muhim mudofaa inshootlarning hamda Miassdagi Ural avtomobil zavodi qurilishida)[2], 1945—1947-yillarda Ukraina SSR Dnepropetrovsk shahridagi „Dnepropetrovekpromstroy“ va „Yujavtostroy“ trestlari boshqaruvchisi, 1947—1951-yillarda SSSR Ogʻir sanoat korxonalarini qurish vazirligining markaziy qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi, 1951—1954-yillarda „Moskkoksostroy“ trestining boshqaruvchisi boʻlib ishlagan, Moskva koks-gaz zavodi qurilishida qatnashgan. 1954—1960-yillari Prixojan „Glavmosstroy“ tizimida (hududiy boʻlim boshligʻi, keyinroq esa trest boshligʻi) ishlagan va koʻp qavatli binolar qurilishida ishtirok etgan. 1960—1967-yillarda SSSR Davlat qurilish qoʻmitasida bosh mutaxassis, keyinroq bo‘lim boshlig‘i vazifasida ishlagan[1]. 1967—1970-yillarda SSSR Qurilish vazirligi hayʼati aʼzosi[3], ishlab chiqarish va boshqarish boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan. 1970-yildan umrining oxirigacha SSSR Davlat qurilish qoʻmitasi qoshidagi qurilishga texnik yordam ko‘rsatishni tashkil etish va mexanizatsiyalash markaziy ilmiy-tadqiqot institutining byurosida ishlagan.
Vafoti
tahrirOilasi
tahrirTurmush oʻrtogʻi Polina Yakovlevna Podgoretskaya, uch nafar boʻlgan, oʻgʻillari Vladimir va Leonid, qizi psixologiya fanlari doktori, professor Anna Prixojan[3].
Unvon va mukofotlari
tahrirSSSRda xizmat koʻrsatgan quruvchi[2]. Lenin ordeni va 3 marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Прихожан Михаил Александрович“ (rus tilida). 2023-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Прихожан Михаил Александрович“ (rus tilida). 2023-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-iyun.
- ↑ 3,0 3,1 „К ЮБИЛЕЮ А.М. ПРИХОЖАН“ (rus tilida). 2022-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-iyun.