Mixail Shchenikov
Mixail Vasilyevich Shchenikov (1913-yil 14-sentyabr Vladimir viloyati, Chernij qishlogʻi, 1994-yil 4-noyabr Toshkent) – Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni, mayor.
Mixail Shchenikov | |
---|---|
Tavalludi |
1913-yil 14-sentyabr Rossiya imperiyasi, Vladimir viloyati, Chernij qishlogʻi |
Vafoti |
1994-yil 4-noyabt Toshkent |
Xizmatdagi yillari | 1934—1954—yillar |
Unvoni | Podpolkovnik |
Jang/urush | Ikkinchi jahon urushi |
Mukofotlari |
Biografiya
tahrir1913-yil 14-sentyabrda Chernij qishlogʻida rus dehqon oilasida tugʻilgan.1942-yildan KPSS aʼzosi. Oʻrta maktabning 6-sinfni tamomlagan. Moskvadagi „Krasnaya Zarya“ zavodida ishlagan.
1934-yilda Qizil Armiya saflariga qoʻshilgan. 1937-yilda Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi nomidagi Harbiy maktabni tamomlagan. 1941-yil iyul oyidan boshlab Ikkinchi jahon urushi frontlariga qoʻshilgan. 1942-yilda M. V. Frunze nomidagi harbiy akademiyaning tezlashtirilgan kursini tamomlagan.
Gvardiya pulemyotchilarining motorli bataloni komandiri mayor Mixail Shchenikov fashistlar Germaniyasining poytaxti Berlin chekkasidagi janglarda qatnashgan. 1945-yil 2-aprelda yashirincha Barut shahrining chekkasida batalonni toʻpladi, kutilmaganda shahar markaziga yoʻl oldi va shu kuni shahar dushmandan butunlay tozalandi. M. V. Shchenikov Germaniyaning bir qator boshqa aholi punktlarini bosib olishda ishtirok etgan.
Urushdan keyin SSSR Qurolli Kuchlarida xizmat qilishni davom ettirdi. 1954-yildan keyin podpolkovnik unvoni bilan nafaqaga chiqdi. Oʻzbekiston poytaxti Toshkentda yashagan[1]. Koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnaning kadrlar boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan. 1994-yil 4-noyabrda vafot etgan.
1968-yilda Shchenikovga „Rossoshi shahrini fashist bosqinchilaridan ozod qilgani uchun“ „ Rossoshi shahrining faxriy fuqarosi“ unvoni berildi[2].
Mukofotlar
tahrirSSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 27-iyundagi farmoni bilan fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajargani, batalyonni mohirlik bilan boshqarganligi hamda jasorat koʻrsatgani uchun mayor Mixail Vasilyevich Shchenikov Lenin ordeni va „Oltin Yulduz“ medali bilan mukofotlangan.
Bundan tashqari, Qizil Bayroq ordeni, ikkita 1-darajali Vatan urushi ordeni, 2-darajali Vatan urushi, Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan.