Mixail Skobelev
Mixail Dmitriyevich Skobelev (1843.17.9, Sankt-Peterburg — 1882.25.6, Moskva) — Rossiya imperiyasining Turkistondagi bosqinchilik urushlarida faol ishtirok etgan rus harbiy arbobi, infanteriya generali (1881). Bosh shtab akademiyasini tugatgan (1868). 1869-yilda Oʻrta Osiyoga kapitan unvoni bilan kelib, 8 yil ichida generalmayor unvoni bilan Rossiyaga kashtan. Skobelev Xiva xonligini bosib olish (1873) va "Poʻlatxon" qoʻzgʻoloni (1873— 76)ni bostirishda K. P. Kaufmannnng eng yaqin yordamchilaridan biri boʻlgan. Andijonni vayron qilib aholisiga 3300 rubl tovon toʻlatgan. Qoʻqon xonligi tugatilgach, 1876 i. 19 fevralda tashkil qilingan Fargʻona viloyatining birinchi harbiy gubernatori. Skobelev tomonidan viloyat markazi Qoʻqon shahridan Yangi Margʻilonga koʻchiriladi. Turkistonda podsho Rossiyasining mustamlakachilik siyosatini joriy qilishda qatʼiy faollik koʻrsatgan. Rossiya Turkiya urushi (1877—78) qatnashchisi. Axaltaka harbii yurishlari paytida 2Axaltaka ekspeditsiyasiga rahbarlik qilgan. Koʻktepa (Geoktepa) qalʼasi va Dengiltepa rus askarlari tomonidan egallangach (1881-yil 12 yanvar), Skobelevning buyrugʻi bilan tirik qolgan barcha qalʼa Aholisi: 45000 kishi (ayollar, kariyalar, bolalar) yoppasiga qirib tashlangan, ularning molmulki talangan va Koʻktepa yer bilan yakson qilingan. Skobelev ashaddiy shovinist va mustamlakachi sifatida Turkistondagi tub xalqlarga past nazar bilan karagan. Skobelev hakdsa mahalliy aholida nafratli xotiralar sakdanib qolgan. Skobelev 1882-yilda Sankt-Peterburgda fojiali oʻldirilgan. Fargʻona viloyatining maʼmuriy markazi boʻlgan Yangi Margʻilon (xoz. Fargʻona) sh. 1907—1924-yillarda Skobelev nomi bilan atalgan.[1]
Mixail Skobelev | |
---|---|
Tavalludi | 29-sentyabr 1843 |
Vafoti | 7-iyul 1882 |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi |
Otasi | Dmitry Skobelev |
Onasi | Olga Skobeleva |
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrirAdabiyot
tahrir- Oʻzbekistonning yangi tarixi, 1kitob [Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida], T., 2000.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |