Moʻmin Oripov

oʻzbekistonlik xonanda, aktyor va qoʻshiqnavis

Moʻmin Oripov (1984—2009) — oʻzbekistonlik xonanda, aktyor va qoʻshiqnavis. 1984-yilning 15-martida Toshkent shahrida tugʻilgan. „Bojalar“ guruhi solistlaridan biri. Maktabni tamomlagach Oʻzbekiston sanʼat va madaniyat institutiga oʻqishga kirgan va u yerda Jahongir Poziljonov bilan tanishgan. Institutni bitirgach ikkisi 2004-yilda[manba kerak] „Bojalar“ guruhiga asos solishgan va oʻzlarining birinchi qoʻshiqlari — „Jiyda“ qoʻshigʻini chiqarishgan. „Bojalar“ guruhi Tohir Sodiqovni oʻzlariga ustoz deb bilishgan.

Moʻmin Oripov
Tavalludi 15-mart 1984
Vafoti 28-iyun 2009
Fuqaroligi Oʻzbekiston

Oripov faqat xonandalik bilan cheklanmagan. Poziljonov rejjisyorligidagi „Boyvachcha“, „Achchiq hayot“ va „Nortoy“ kabi filmlarda turli rollarni ijro etgan. 2009-yilda oʻzining „Qalbaki dunyo“ filmini ishlashga kirishgan, bosh qahramon rolini oʻzi ijro etgan. Ammo Oripov film eʼlon qilinishidan oldin, 2009-yilning 28-iyunida Tojikistondagi gastrol safaridan qaytayotganda Surxondaryo viloyatining Angor tumanida avtohalokatga uchragan. Kasalxonadagi yordamga qaramasdan 29-iyunga oʻtar kechasi vafot etgan.