Tesha Husainovich Moʻminov (1949.25.11, Buxoro) — Oʻzbekiston xalq artisti (1992). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1970). 1968-yildan hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktyori. 1993— 96 yillar Madaniyat ishlari vazirining oʻrinbosari. "Ajal minorasi" (A. Dyuma)dagi Orsiniy M.ning sahnada yaratgan ilk yirik obrazidir. Teatr sahnasida Devona (M. Karim, "Oy tutilgan tunda"), Gʻofir (Hamza, "Boy ila xizmatchi"), Yoʻlchi (Oybek, "Qutlugʻ qon"), Koriolon (U. Shekspir, "Koriolon"), Qor odam (T.Yunus, "Qor odam"), Shayton (S.Imomov, "Shayton va farishta"), Shoh Maʼmun (H.Rasul, "Piri Koinot"), Shpigelberg, Grimm (F. Shiller, "Karoqchilar"), Piri zindoniy (M. Shayxzoda, "Mirzo Ulugʻbek"), Turdivoy (Uygʻun, I.Sulton, "Alisher Navoiy"), Sohibqiron (A.Oripov, "Sohibqiron Amir Temur"), Joʻra Azim ("Bir qadam yoʻl") kabi rollari bilan tanildi. Ulkan ehtiros, purviqor harakatlar, baland va serjilo nutq M. ijrochilik sanʼatining yetakchi xususiyatlaridan. M. ki-noda (Komil, "Kelinlar qoʻzgʻaloni" da; Nurmuhammad, Qushbegi "Oʻtgan kunlar"da; rais, "Yolgʻiz yodgorim"da va boshqalar), video va televizion filmlarda (Yoʻlchi, "Qutlugʻ qon"da; Saltabadil, "Qirolning dilxushi"da; Sherzod Samandarov, "Hyp borki, soya bor"da va boshqalar) ham koʻplab obrazlar yaratgan. Bir qancha film dublyajida qatnashgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).[1][2]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. https://president.uz/ru/lists/view/4564