Kelinlar qoʻzgʻoloni“ (ruscha: Бунт невесток) — taniqli oʻzbek rejissori Melis Abzalov 1984-yil yaratgan kinokomediya.[1][2] Komediya Said Ahmadning shu nomli asari asosida olingan. „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ sovet davrida olingan eng yaxshi oʻzbek kinokomediyalaridan biri hisoblanadi.[3] Melis Abzalov 1982-yil yaratgan „Suyunchi“ filmidagi kabi „Kelinlar qoʻzgʻoloni“da ham qattiqqoʻl buvi haqida soʻz boradi.

Kelinlar qoʻzgʻoloni

„Kelinlar qoʻzgʻoloni“ filmi uchun ruscha poster
Rejissyor(lar) Melis Abzalov
Ssenariynavis(lar) Said Ahmad
Rollarda Tursunxon Jaʼfarova
Dilorom Egamberdiyeva
Dilbar Ikromova
Klara Jalilova
Noila Toshkenboyeva
Luiza Qosimova
Rixsixon Ibrohimova
Gulchehra Saʼdullayeva
Nabi Rahimov
Dias Rahmatov
Obid Yunusov
Rashid Malikov
Jamshid Zokirov
Soat Sharipov
Tesha Moʻminov
Gʻoyibnazar Iskandarov
Muhammadjon Rahimov
Bastakor(lar) Mirhalil Mahmudov
Studiya(lar) Oʻzbekfilm
Davomiyligi 70 minut
Mamlakatlar Oʻzbek SSR, SSSR
Tillar Oʻzbek, rus

Mazmuni tahrir

Farmon bibi (Tursunxon Jaʼfarova ijro etgan) mehribon, ammo juda qattiqqoʻl ona boʻlib, oʻzining yetti oʻgʻli va ularning oilalari bilan bir hovlida yashaydi. Eng kenja oʻgʻliga tushgan kelin Nigora Farmon bibiga qarshi „qoʻzgʻolon“ koʻtaradi, boshqa kelinlar esa uni qoʻllab-quvvatlaydi. Farmon bibi kelinlariga yon berishga va ularning talablarini bajarishga majbur boʻladi.

Rollarda tahrir

Aktyor Rol
Tursunxon Jaʼfarova Farmonbibi qaynona Farmonbibi
Dilorom Egamberdiyeva Nigora kenja kelini Nigora
Dilbar Ikromova Sotti kelini Sotti
Klara Jalilova Lutfi kelini Lutfi
Noila Toshkenboyeva Oʻrinboyning xotini kelini Oʻrinboyning xotini
Luiza Qosimova Ma’murning xotini kelini Ma’murning xotini
Rixsixon Ibrohimova Boʻston kelini Boʻston
Gulchehra Saʼdullayeva Zamira kelini Zamira
Nabi Rahimov Boqivoy Farmonbibini doʻsti Boqivoy
Dias Rahmatov Oʻrinboy oʻgʻli Oʻrinboy
Obid Yunusov Asqar oʻgʻli Asqar
Rashid Malikov Toʻxta oʻgʻli Toʻxta
Jamshid Zokirov (Shifokor) oʻgʻli (Shifokor)
Soat Sharipov Ma’mur oʻgʻli Ma’mur
Tesha Moʻminov ? oʻgʻli ?
Gʻoyibnazar Iskandarov ? oʻgʻlii ?
Muhammadjon Rahimov Abbos nabirasi Abbos
Sherqoʻzi Gʻoziyev Ma’murning doʻsti epizod Ma’murning doʻsti
Elyor Nosirov Sharipovning yordamchisi epizod Sharipovning yordamchisi
Husan Sharipov ansambl boshligʻi Sharipov epizod ansambl boshligʻi Sharipov

Manbalar tahrir

  1. „Bunt nevestok“ (ruscha). KM. Qaraldi: 9-mart 2012-yil.
  2. „Bunt nevestok“ (ruscha). Kino-Teatr. Qaraldi: 9-mart 2012-yil.
  3. „A Talk with the Famous Uzbek Actress Gulchehra Jamilova“ (oʻzbekcha). BBC's Uzbek Service. Qaraldi: 9-mart 2012-yil.

Havolalar tahrir