Husan Sharipov
Husan Sharipov (1937.27.7, Toshkent – 2018.6.25, Toshkent) – aktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1991).
Husan Sharipov | |
---|---|
Tavalludi |
27-iyul 1937-yil |
Vafoti |
25-iyun 2018-yil (80 yoshda) Toshkent |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrir- Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1963).
- 1959 —91 yillar Muqimiy teatrida aktyor (1986—87 ylar direktor).
- 1990—95 yillar Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasida badiiy soʻz ustasi,
- 1995—97 yillar Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasi kotibi.
Ijodi
tahrirSharipov ijoditabiatan xalqchilligi, boy fantaziyasi, imkoniyati kengliga, ijro sanʼati va mahorati komik yoʻnalishidagi rollarga moyilligi bilan ajralib turadi. Aktyorning oʻzbek anʼanaviy teatri va askiya sanʼati vositalaridan unumli foydalanishi sahnada, kinoda, miniatyura teatri, „Xanda“ eshittirishlari (radio)da yaratgan obrazlari, rollaridagi soddalik, samimiylik koʻzga tashlanadi. Teatrda Toshbolta („Toshbolta oshiq“), Poʻlat („Xotinimning eri“), Tojiboy („Ujarlar“), Hasan („Jon qizlar“), Akop („Xonuma xonim“), Abdulla („Aka-uka sovchilar“), Abdulla („Vatan ishqi“), Sobirjon („Oshiq Gʻarib“), Choyxonachi („Jonim fido“) kabi rollari bilan teatr rivojiga mumosib hissa qoʻshdi.
Kinoda Shermat („Suyunchi“), Husan Sharipov („Vodillik kelin“), Avtobaza direktori („Marhumning hurmati“), Husan („Shoʻrpeshonalar“, „Kelinlar qoʻzgʻoloni“, „Kim jinni“), Hoji Aʼlam („Maysaraning ishi“), Zokir xotinboz („Amirning bevaqt tashrifi“), Hoji („Bomba“), Boʻyoqchi („Makkora“), ota („Chinor tagidagi duel“ va boshqalar) va telefilmlar [Hoji Dehdor („Alisher Navoiy“), 12 qismli, Savdogar („Uvaysiy“), Husan („Uchrashuv“) va boshqalda ham samarali ijod qildi. 1960-yildan „Tabassum“ radiojurnalining, 1969-yildan teleminiatyura teatrining muntazam ishtirokchisi. Maʼnaviyat va maʼrifat yoʻnalishidagi teatrlashtirilgan „Maʼnaviyat qalbim quyoshi“ dasturi muallifi va ijrochisi. „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan (1999).[1]
Unvon va mukofotlari
tahrir- Oʻzbekiston xalq artisti (1991-yil)
- Mehnat shuhrati ordeni (1999-yil)
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni (2021-yil)[2];
Manbalar
tahrir- ↑ "Sharipov Husan" OʻzME. Sh-harfi (Wayback Machine saytida 2019-10-11 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „O‘zbek adabiyoti va san'atining marhum fidoyilari mukofotlandi“. kun.uz. Qaraldi: 6-avgust 2024-yil.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |