Bomba (film, 1995)
"Bomba" (oʻzbekcha: Бомба) — „Inson“ kinostudiyasida suratga olingan kinokomediya[2].
Bomba | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Zulfiqor Musoqov |
Ssenariynavis(lar) |
Zulfiqor Musoqov Jahongir Qosimov Abduhalil Mingnorov |
Bastakor(lar) | Anvar Ergashev |
Kinematografiya | Talʻat Mansurov |
Chiqarilgan sanasi | 1995-yil |
Davomiyligi | 77 daqiqa |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | Oʻzbek tilida[1] |
Syujeti
tahrirXolmat aka oʻz hovlisida aviatsion bombani topib oladi. Buni bilgan odamlar avtomobilni ehtiyot qismi deb oʻylashadi, biroq bomba ekanligi aniq boʻlgach, mutaxassis chaqirtirishadi. Texnik tomonidan bomba ichidagi „yurakcha“ chiqarib olinadi va bombani endi xavfsiz deb eʼlon qiladilar. Bundan xabar topgan harbiylar „yurakcha“ olib tashlangandan keyin bomba yanada xavfliroq boʻlishi mumkinligi haqida ogohlantirishadi. Harbiylar bombani Xolmat akaning hovlisida portlatib yuborishni, evaziga Xolmat akaga Toshkentning markazidan toʻrt xonali uy olib berishni vaʼda qilishadi. Xolmat aka bunga rozilik bermaydi. Xolmat akaning qoʻshnisi Rasul uy haqidagi gapni eshitib qoladi va yarim kechasi bombani kavlab olib, oʻz uyidagi xontaxta ustiga olib qoʻyadi. Xolmat aka Rasul bilan mushtlashadi. Oʻzaro jang davomida praporshik Rahim Ahmedov bombani yerga agʻanayotgan holida tutib oladi va jarlikka koʻtarib borib uloqtiradi. Bomba portlab ketadi. Ahmedov abgor holda jarlikdan chiqib keladi, uni Xolmat akaning qizi Risolat kutib oladi.
Rollarda
tahrirAktyor | Rol |
---|---|
Muhammadsoli Yusupov | Xolmat aka |
Rimma Ahmedova | Xolmat akani ayoli |
Rustam Saʼdullayev | praporschik Rahim Ahmedov |
Fotima Rejametova | kelin Saltanat |
Husan Sharipov | Rasul aka |
Toʻychi Oripov | Rais |
Dias Rahmatov | Muso |
Manbalar
tahrir- ↑ Бомба (1995)
- ↑ „Central Asia: Redefining its Cultural Roots“ (inglizcha). www.kinema.uwaterloo.ca. 2012-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyun 2012-yil.