Vodillik kelin (ruscha: Невеста из Ваудиля) — Ali Hamroyev tomonidan suratga olingan oʻzbek-sovet filmi.

Vodillik kelin
Rejissyor(lar) Ali Hamroyev
Ssenariynavis(lar) Ali Hamroyev
Rollarda
Bastakor(lar)
Operator(lar) Rifqat Ibragimov
Postanovkachi
rassom(lar)
Sadriddin Ziyomuhamedov
Studiya(lar) Oʻzbekfilm
Chiqarilgan sanasi 1984-yil
Davomiyligi 91 daqiqa
Mamlakat SSSR bayrogʻi SSSR
Tillar ruscha, oʻzbekcha

Filmdagi baʼzi qoʻshiqlarni xonanda Nargiz Zokirova ijro etgan. Xususan, Farrux Zokirov musiqasi va Ilya Reznik sheʼri asosida yaratilgan „Помни меня“ (oʻzbekcha: Esla meni) qoʻshigʻi bilan kinoteatrda ham chiqish qiladi[1]. U 15 yoshida ushbu qoʻshiq bilan yosh ijrochilar uchun „Юрмала-86“ I Butunittifoq televizion tanlovida qatnashib tomoshabinlar eʼtirofi boʻyicha mukofotni qoʻlga kiritadi[2].

Namoyish davomida film oʻz atrofiga 3 200 000 nafar tomoshabin yigʻgan[3].

Советская культура gazetasi filmning anʼanaviy syujet tuzilmasi, muallifning hazil-mutoyibasi va xalq motivlari talqinining uygʻunligini alohida taʼkidlaydi. Shuningdek, maqolada suratga olishda antiqa va ekzotik uslublardan foydalangan operator Rifqat Ibragimovning ishi ham alohida eʼtirof etilgan[4].

Voqealar rivoji

tahrir

Tramvay haydovchisi, Husan va uning oʻgʻli, Yodgor, Toshkentda adashib qolgan Asalni uchratib qolishadi. Yodgor qizga tezda oshiq boʻlib qoladi. Keyinchalik yigitning otasi uni harbiy xizmatga ketishidan avvalroq uylantirishga qaror qiladi. Bu paytda, Asal Toshkentdagi hayotga moslashishga harakat qilar, boshqa qizlarga taqlid qilishga urinar edi, biroq ortiqcha eʼtibor unga yoqmaydi. Boʻlgan ishlardan xafa boʻlgan qiz oʻzi tugʻilgan qishloqqa, Vodilga qaytib ketadi. Yodgor esa uning ortidan ketadi. Oʻgʻlining maktubini olgan Husan Yodgorni izlab yoʻlga tushadi. Asalning otasi militsioner hamda kurashchi Ahmad polvon yoshlarning munosabatiga qarshi chiqadi. Husan va Ahmad oʻrtadagi muammoni hal qilish uchun kurash tushishga qaror qilishadi. Ikkala ota ham gʻalaba bilan farzandini xursand qilishga harakat qilsa-da, kurash durang bilan tugaydi. Oxir-oqibat oilalar toʻyga rozi boʻlishadi. Bu orada beva boʻlgan Husan Halima ismli ayol bilan tanishib qoladi va u Ahmadning singlisi ekanini bilib qoladi. Toʻy soni esa yana bittaga koʻpayadi. Film yakunida barcha Yodgorni harbiy xizmatdan kutib olish uchun aeroportga borishi bilan yakunlanadi.

Rollarda

tahrir
Aktyor Rol
Raʼno Zokirova Asal Asal
Furqat Fayziyev Yodgor Yodgor
Husan Sharipov Husan Ortiqovich Husan Ortiqovich Yodgorning otasi
Baxtiyor Ixtiyorov Ahmad polvon Ahmad polvon Asalning otasi
Maryam Ixtiyorova Halima Halima Asalning ammasi
Oybarchin Bakirova Nuriniso Nuriniso Ahmadning rafiqasi
Ergash Karimov sartarosh sartarosh
Maryam Yoqubova Raʼno buvi Raʼno buvi
Dilorom Qambarova Dilya[5] Dilya[5]

Manbalar

tahrir
  1. „Резник: «Татуированная Наргиз Закирова из шоу „Голос“ начинала с моих песен»“. Piter.TV (2013-yil 24-oktyabr). 2020-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-noyabr.
  2. „Участница проекта «Голос» Наргиз Закирова: Справиться с депрессиями мне помог муж“. Комсомольская правда (2013-yil 13-noyabr). 2020-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-noyabr.
  3. Fedorov, Aleksandr „Статистические данные посещаемости советских фильмов: 1950- 1990“. ОД «Информация для всех». Qaraldi: 16-iyul 2024-yil.
  4. Зоркая, Н „Смотрите, как непохоже!“. Советская культура. Qaraldi: 16-iyul 2024-yil.
  5. Кино: Энциклопедический словарь. М.: Советская энциклопедия, 1987.