Sadriddin Ziyomuhamedov
Sadriddin Muhiddinovich Ziyomuhamedov (1940.12. 2, Toshkent) – teatr va kino rassomi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1990). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1966). 1966-yildan „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida rassom. „Sevishganlar“ (1969), „Olovli sohil“ (1975), „Chinor ostidagi duel“ (1979), „Ehtiyot boʻling, ilon!“ (1980), „Sevgi afsonasi“ (1983), „Vodillik kelin“ (1984), „Ajdaxr ovi“ (1985), „Tangalik bolalar“ (1991), „Bomba“ (1994), „Kichkina tabib“ (1998) kabi badiiy filmlar, „Sertashvish yoshlik“ (1971), „Qoʻqon voqeasi“ (1977), „Daxlsiz tepalik“ (1989), „Gʻalabaning achchiq taʼmi“ (1990), „Boychechak“ (1998) kabi televizion badiiy filmlarga rassomlik qilgan. Shuningdek, Sadriddin Ziyomuhamedov Yosh tomoshabinlar teatri („Iqbol“, 1968), A.Hidoyatov nomidagi drama teatri („Besh kunlik kuyov“, 1970; „Oʻlimlarni qoldirib dogʻda“, 1970) kabi teatrlarning spektakllarini ham badiiy bezadi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |