Moai yoki moʻai ( /ˈm./<talaffuzi >yoki /ˈm./ MOH-eye ; ispancha: moái  ; Rapa Nui.: moʻai adabiy jihatdan ''haykal '' ma'nosini anglatadi ) 1250-1500 yillar oraligʻida Polineziyaning sharqiy qismidagi Rapa Nui (Pasxa oroli) da Rapa Nui xalqi tomonidan oʻyilgan monolit inson figuralaridir.[1][2] Ularning deyarli yarmi hali ham Rano Raraku ( vulqon kulidan hosil bo'lgan vuqon krateri )da , asosiy moai karer (odatda katta va chuqur bo'lgan , tosh yoki boshqa materiallar qazib olinadigon joy )da, lekin yuzlab moailar u yerdan bu yerga ko'chirilgan va orolning perimetri atrofidagi , ahu deb nomlangan tosh platformalarga o'rnatilgan. Deyarli barcha moailarning boshlari juda katta bo'lib , ular butun haykalning sakkizdan uch qismini tashkil qiladi va figuralarning oyoqlari mavjud emas . Moailar, asosan, ilohiylashtirilgan ajdodlarning ( aringa ora ata tepuna ) tirik yuzlari (aringa ora ) hisoblanadi.[3] 1722- yilda yevropaliklar orolga birinchi bor tashrif buyurganlarida, haykallar hali ham o'z qabila yerlari bo'ylab , ichkariga qarab turardi, ammo ularning barchasi XIX asrning ikkinchi yarmida qulab tushdi.[4] Moai XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida, ehtimol, Yevropa aloqalari yoki qabilalararo urushlar natijasida ag'darilgan.[5]

900 dan ortiq haykallarni[6][7] ishlab chiqarish va tashish ,ajoyib ijodiy va jismoniy jasorat hisoblanadi.[8] Paro deb nomlangan , eng baland moaining balandligi deyarli 10 metr (33 ft)ni va og'irligi 82 tonna ( 81 tonnadan ko'p , 90 tonnadan oz )ni tashkil etadi .[9][10] Axu Tongarikida o'rnatilgan eng og'ir moai unchalik baland emas , biroq uning og'irligi 86 tonna( 85 tonnadan ko'p , 95 tonnadan oz )ni tashkil etardi . Bitta tugallanmagan haykal, agar tugallangan bo'lganida taxminan 145-165 tonna og'irligi bilan uning balandligi , taxminan 21 m (69 ft)dan baland bo'lar edi .2023- yilgi holatga ko'ra [11]haykallar hali ham topilmoqda .[12]

Eslatmalar

tahrir
  1. Steven R Fischer. The island at the end of the world. Reaktion Books 2005 ISBN 1-86189-282-9
  2. The island at the end of the world. Reaktion Books 2005 ISBN 1-86189-282-9
  3. Van Tilburg, Jo Anne. „Easter Island Statue Project“. Eisp.org. 2010-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-mart.
  4. Hunt, Terry. The Statues That Walked: Unraveling the Mystery of Easter Island. Free Press, 2012. ISBN 978-1-4391-5031-3. 
  5. Collapse: How Societies Choose to Fail or Succeed by Jared Diamond
  6. „Easter Island Statue Project“. 2019-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-yanvar.
  7. Carl P. Lipo, Terry L. Hunt, Sergio Rapu Hao; Hunt; Haoa (2013). "The 'Walking' Megalithic Statues (Moai) of Easter Island". J. Archaeol. Sci. 40 (6): 2859. doi:10.1016/j.jas.2012.09.029. 
  8. UNESCO World Heritage Centre. „Rapa Nui National Park“. Whc.unesco.org (2009-yil 29-may). 2014-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-mart.
  9. Young, Emma. „Easter Island: A monumental collapse?“ 30–34. Newscientist.com (2006-yil 26-iyul). 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-mart.
  10. Van Tilburg, Jo Anne. „Moai Paro digital reconstruction“. Easter Island Statue Project (eisp.org) (2009-yil 5-may). 2017-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-iyun.
  11. „NOVA Online | Secrets of Easter Island | Stone Giants“. Pbs.org. 2013-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-iyun.
  12. „New Easter Island moai statue discovered in volcano crater“ (en-GB). The Guardian (2023-yil 1-mart). Qaraldi: 2023-yil 4-mart.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir