Mologa
Mologa — Rossiya Federatsiyasining Tver, Novgorod va Vologda viloyatlaridagi daryo. Volganing chap irmogʻi. Ribinsk suv omboriga quyiladi. Uzunligi 456 km, xavzasining maydoni 29700 km². Krrdan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyidan 58 km da 172 m³/sek. Dek. boshlarida muzlab may boshlarida muzdan boʻshaydi. Pestovo shahridan quyilish joyigacha kema qatnaydi, Mologa boʻyida Bejetsk, Pestovo, Ustyujna shaharlari joylashgan.[1]
Mologa | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 456 |
Maydoni | 29 700 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Rossiya |
Mologa |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |