Mona Abul-Fadl (1945-2008) — zamonaviy Gʻarb tafakkuri va ayollarga oid bilimlar boʻyicha olima. Uning faoliyati Xalqaro Islom Tafakkuri Instituti (IIIT) va keyinchalik Cordoba University deb nomlanuvchi universitet bilan bogʻlangan. Uning ilmiy qiziqishlari siyosiy nazariya, qiyosiy siyosat, Islom va Yaqin Sharq, epistemologiya va feministik ilmiy izlanishlarni oʻz ichiga olgan.

Hayoti

tahrir

Abul-Fadl 1945-yilda Qohirada tugʻilgan boʻlib, shifokor, xayriyachi va ijtimoiy faol insonlar Zahira Abdin va Munʼim Abul-Fadlning qizidir. U bolaligining koʻp qismini London va Misr shaharlari oʻrtasida oʻtkazdi. U London universitetining Sharq va Afrika tadqiqotlari maktabida doktorlik darajasini oldi va Qohira universitetining toʻlaqonli professori boʻldi. U Virjiniya shtatining Norfolk shahridagi Old Dominion universitetida Fulbright olimi va Xalqaro Islom Tafakkuri Instituti jamoasiga (IIIT) qo‘shilishdan oldin Fransiyaning Aix-en-Provence shahridagi O‘rta Yer dengizi jamiyatlarini tadqiq qilish va o‘rganish markazida (CRESM) almashinuv olimi bo‘lgan).

IIIT asoschisi Ismaʼil Raji al-Faruqi va uning rafiqasi Lois Lamyaʼ al-Faruqi islom va gʻarb intellektual epistemologiyalarini bogʻlashda Abul-Fadl izlanishlarining muhimligini tan oldilar. Ular Abul-Fadlni IIIT ilmiy xodimi sifatida ishga yollashga kirishdilar, ammo ularning harakatlari ular 1986-yilda oʻldirilganlaridan keyin amalga oshmay qoldi.

Abul-Fadlning IIIT tadqiqoti "Where East Meets West: Reviewing an Agenda, and Contrasting Epistemics“ nomli hali nashr etilmagan qoʻlyozma bilan yakunlandii. IIIT bilan ilmiy aloqasi davomida u turmush oʻrtogʻi, islom huquqshunos olimi va Shimoliy Amerika Fiqh kengashining sobiq prezidenti Taha Jobir Al-Alvoniy bilan uchrashdi [1].

1999-yilda u Qohirada Association for Women and Civilization Studies (ASWIC) nomli notijorat tashkilotga asos solgan. ASWIC tarixiy tadqiqotlar oʻtkazish, akademik izanishlarni targʻib qilish va seminarlar va oʻquv dasturlarini tashkil etish orqali musulmon ayollarning tarixdagi oʻrni, roli va mavqei haqida xabardorlikni oshirishni maqsad qilgan [2].

Mona Abul-Fadl 2008-yil 23-sentyabrda koʻkrak saratoni bilan 2 yildan ortiq kurashganidan soʻng vafot etdi. [3]

Maqolalar va tezislar

tahrir

Havolalar

tahrir