MORAVIA (Moravia) Alberto (taxallusi; ismi Pinkerle) (1907.28.11, Rim) — italyan yozuvchisi. Moravioning birinchi "Beparvolar" romaniyoq, unga shuxrat keltirgan, unda italyan xalqining (jamiyatining) fashizm diktaturasi davridagi ruhiyati va axloqiy kechinmalarining haroblashuvi (real) aniq, aks ettirilgan. Fashizmga qarshi oppozitsiyada boʻlganligi uchun kuzatuv ostida boʻlgan. U oʻzining urushdan keyingi roman va asarlarida Italiyaning burjua hayotini, uning ijtimoiy qarama-qarshiliklarini aniq koʻrsatib bergan. "Rimlik qiz" (1947), "Nafrat" (1954), "Chochara" (1957), "Men va u" (1971) kabi romanlar hamda "Rim hikoyalari" (1954), "Yangi Rim hikoyalari" (1959), "Jannat" (1970) toʻplamlari muallifi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil