Morelos
Morelos — Meksikaning markaziy qismidagi shtat. Maydoni 4,9 ming km². Aholisi 1,55 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Kuernavaka shahri Shtat Koʻndalang Vulkanli Syerra togʻlarining jan. yon bagʻri va Morelos togʻlarida (oʻrtacha balandligi 1500 m) joylashgan. Shimolida Popokatepetl (5452 m) harakatdagi vulkani bor. Iklimi togʻ tropik, moʻʼtadil nam iqlim. Kuernavaka shahri atrofida oʻrtacha oylik temperaturalar 15° dan 22° gacha, yillik yogʻin 1000 mm. Shtat hududini Balsas daryosi va uning irmoqlari kesib oʻtgan. Xoʻjaligining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil qiladi. Ekin maydonlarining maʼlum qismi sugʻoriladi. Asosiy tovar ekinlari — sholi va shakarqamish. Mevachilik rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Badiiy hunarmandchilik rivojlangan. Kuernavaka — Meksikaning eng muhim togʻ kurortlaridan biri.[1]
| |||
Shtat | |||
---|---|---|---|
Tarkibida | 33 munitsipalitet | ||
Maʼmuriy markazi | Kuernavaka | ||
Yirik shahari | Kuernavaka | ||
Asos solingan sanasi | 17-aprel 1869 | ||
Gubernator | Graso Ramires Garrido Abreu 1-oktabr 2012 dan | ||
Rasmiy tili | ispan | ||
Aholi (2010) | 1 777 227 | ||
Zichligi | 359,69 kishi./km² | ||
Millatlar tarkibi | Metislar, asteklar, mishteklar, oqlar. | ||
Dinlar tarkibi | Katoliklar (83,6 %), protestantlar va evangellar (7,3 %), boshqa nasroniylar(3,1 %), yahudiylar (0,1 %), boshqa dinlar(0,5 %), ateistlar vaagnostiklar (4,3 %). | ||
Maydoni | 4 941 km² (30-oʻrin) | ||
Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi |
5500 m | ||
Kengligi | 19º 08' - 18º 20' N | ||
Uzunligi | 98º 38' - 99º 30' E | ||
Vaqt mintaqasi | UTC-6 | ||
Kod ISO 3166-2 | MX-MOR | ||
Pochta indeksi | Mor. | ||
Rasmiy sayti | http://www.morelos.gob.mx/ | ||
Xaritada | |||
18°44′51″N 99°04′13″W / 18.74750°N 99.07028°W |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |