Moviy ilon soati (Fabergé tuxumi)

Moviy ilon soati tuxumi — bu Imperial Fabergé tuxumi boʻlib, rus imperatorlik oilasi uchun Peter Carl Fabergé nazorati ostida tayyorlangan ellik ikkita marvarid tuxumlaridan biri. Moviy ilon soati tuxumining ichiga sovgʻa sifatida soat joylashtirilgan. Bu tuxumning dizayni Fabergéning 1902-yilda tayyorlangan Marlboro gertsogi tuxumi uchun asos boʻlgan.

Moviy ilon soati Fabergé tuxumi
Yetkazib berilgan yil 1895
Mijoz Nikolay II
Qabul qiluvchi Maria Feodorovna
Amaldagi egasi
Individual yoki muassasa Albert II
Sotib olish yili 2005
Dizayn va materiallari
Ish ustasi Michael Perkhin
Foydalanilgan materiallar oltin,emal,olmos
Boʻyi 183 mm
Oʻziga xos xususiyati ish soati

Dizayni

tahrir

Moviy ilon soati tuxumiga Fabergé ustaxonasidan Michael Perkhin tomonidan ishlov berilgan. Tuxum oq emal bilan boʻyalgan oltin asosda joylashgan. Poydevorning uchta panelida sanʼat va fanni ifodalovchi toʻrt xil rangdagi oltin naqshlari mavjud[1]. Olmos bilan oʻrnatilgan ilon taglikni tuxum bilan bogʻlaydigan stend atrofida va uning markaziga qarab oʻraladi. Ilonning boshi va tili tepada tuxum atrofida aylanib yurgan oq tasmada rim raqamlari bilan koʻrsatilgan soatga ishora qiladi[1]. Bu tuxum atrofida aylanayotgan ilon emas, balki vaqtni koʻrsatish uchun tuxum ichida aylanadi. Bu Imperial Fabergé tuxumlarining birinchi ishchi soati hisoblanadi[1]. Moviy ilon soati tuxumining koʻp qismi shaffof koʻk rangda emallangan va unda olmos bilan bezatilgan oltin tasmalar mavjud. Tuxumning har ikki tomonida „C“ shaklida yuqoriga oʻralgan oltin dasta (yuqori qismda markazga yaqin va tuxumning pastki yarmida ham markazga yaqin) joylashgan. Moviy ilon soati tuxumida sapfir yoʻq. Rossiya Davlat tarixiy arxividan olingan 1887-yil tuxumining tavsifi, musodara qilingan imperator xazinasining 1917-yil inventarizatsiyasi va tuxumni Anichkov saroyidan Sovnarkomga koʻchirilishi uchun 1922-yilgi oʻtkazma hujjatlarining barchasi tuxum tarkibida sapfir yoʻqligini tasdiqlaydi[1].

Oʻziga xos xususiyati

tahrir

Moviy ilon soati tuxumining ichidagi sovgʻasi ish soati hisoblanadi.

Tarixi

tahrir

Imperator Fabergéga Pasxa tuxumini qachon va qanday buyurtma qilgani nomaʼlum, biroq 1895-yil Pasxa kuni (Masihning tirilishini nishonlash kuni) podsho Nikolay II tomonidan Maria Feodorovnaga Moviy ilon soati tuxumi sovgʻa qilingan[2]. Moviy ilon soati tuxumi 1917-yilgi inqilobgacha Anichkov saroyida saqlangan edi. Saroydagi boshqa Fabergé tuxumlari bilan bir qatorda, Moviy ilon soati tuxumi 1917-yil sentyabr oyining oʻrtalarida Kremlning qurol-yarogʻ saroyiga koʻchirildi. 1922-yilda tuxum Sovnarkomga topshirilgan boʻlib, u chet elda Avstraliya Pearl kompaniyasidan Mishel Normanga sotilgunga qadar shu yerda saqlangan.

1922-1950-yillar orasida tuxumni Wartskilik Emanuel Snowman sotib oldi, keyinchalik Moviy ilon soati tuxumini Wartski sotdi va qaytarib oldi. Tuxumni Wartski yana 1972-yil Rojdestvo arafasida Stavros Niarchosga 64 103 funt sterlingga sotgan[3]. Keyin Moviy ilon soati tuxumi 1974-yilda Monako shahzodasi Rainier III ga yubileyini nishonlash uchun berildi[4]. 2005- yilda Rainier III vafotidan soʻng, Moviy ilon soati tuxumi uning oʻgʻli shahzoda Albert II ga meros boʻlib oʻtdi.

Ushbu Moviy ilon soati tuxumi uzoq vaqtdan beri 1887-yilgi Pasxa tuxumi deb hisoblangan. Biroq, yaqinda oʻtkazilgan tadqiqotlar (2008-2014) tuxumning 1895-yilgi ekanligini aniq isbotladi[2]. Fabergé 1902- yilda Konsuelo Vanderbilt uchun Marlboro gertsogi tuxumini tayyorlagan. Bu tuxum Moviy ilon soati tuxumidan kattaroq va koʻk rangda emas, pushti rangda emallangan.

Yana qarang

tahrir

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Lowes, Will. Fabergé Eggs A Retrospective Encyclopedia. Lanham, Maryland: Scarecrow Press, 2001 — 23-bet. ISBN 0-8108-3946-6. 
  2. 2,0 2,1 Wintraecken, Annemiek „The Fabergé Imperial Easter Eggs: New Discoveries Revise Timeline“, Fabergé Research Newsletter, November 2008:
  3. Munn, Geoffrey „The Rediscovery of the Serpent Egg Clock“, Fabergé Research Newsletter, November 2008:
  4. McCanless, Christel Ludewig „The Big Surprise“; Fabergé Research Newsletter, Fall 2008;