Moviy qirgʻoq
Moviy qirgʻoq, Fransiya Rivyerasi — Fransiyaning Oʻrta dengiz boʻyidagi togʻli sohil qismi. Sharqda Italiya chegarasidan gʻarbda Frejyus qoʻltigʻigacha davom etgan. Shim.dan Dengiz boʻyi Alp togʻlari bilan toʻsilgan. Qirgʻoqdari qoyali, manzarali qoʻltiq koʻp. Yozi issiq, quruq; qishi yumshoq, serquyosh. Iyulningoʻrtacha temperaturasi 22—23°, yanvarniki 7°. Oʻsimlik dunyosiga boy. Moviy qirgʻoq yirik kurort rayon boʻlib, bogʻ koʻp. Sohilda mehmonxona, pansionat, xususiy villalar qurilgan. Bogʻdorchilik, tokchilik, gulchilik rivojlangan. Asosiy kurortlari: Nitssa, Kann, Mentona va boshqa Moviy qirgʻoqda Monako davlati joylashgan.[1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |