Moyo serdse

„Splin“ rus rok-guruhi ijro etgan qoʻshiq

Moyo serdse“ (ruscha: Моё сердце, yaʼni „Mening yuragim“) — „Splin“ rus rok-guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 2001-yil eʼlon qilingan „25-y kadr“ nomli studiyaviy albomiga toʻrtinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq soʻzini ham, kuyini ham guruh solisti Aleksandr Vasilyev yozgan. „Moyo serdse“ guruh repertuaridagi eng taniqli taronalarning biri boʻlib, 2001-yilda Rossiyada hamda ayrim MDH mamlakatlarida xitga aylangan[1].

„Moyo serdse“
„Splin“ qoʻshigʻi
„25-y kadr“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2001
Yozib olingan 2001
Janr alternativ-rok
Davomiyligi 4:20
Matn muallif(lar)i Aleksandr Vasilyev
Bastakor(lar) Aleksandr Vasilyev
„25-y kadr“ xronologiyasi
„Vsego xoroshego“ Moyo serdse „Riki-tiki-tavi“
Klipi
„Moyo serdse“ YouTubeda

QOʻshiq 2002-yilning fevralida eʼlon qilingan „Akustika“ albomidan ham oʻrin olgan. Albomga kiritilgan kompozitsiyalar guruh 2001-yilning dekabrida Stanislavskiy nomidagi Moskva teatrida bergan konsert davomida yozib olingan. „Moye serdse“ qoʻshigʻining mazkur albomga kiritilgan versiyasida Vasilyev „Men, xudoga shukurki, Ricky ham emasman, Martin ham emasman“ (ruscha: Ну, так и я, слава Богу, Не Рики, не Мартин) misrasini „Men, xudoga shukurki, Vova ham emasman, Putin ham emasman“ (ruscha: Ну так и я, слава Богу, не Вова, не Путин) oʻlaroq oʻzgartirib kuylagan[2].

„Moye serdse“ qoʻshigʻi uchun rejissyor Aleksey Sechenov klip suratga olgan. Klipda „Splin“ guruhi „Maxidrom“ festivalida qilgan chiqishi davomida yozib olingan kadrlardan foydalanilgan.

Manbalar tahrir

  1. „«Сплин»“ (ruscha). 24СМИ. Qaraldi: 26-noyabr 2022-yil.
  2. „Сплин «Моё сердце»“ (ruscha). Soundtimes. Qaraldi: 25-noyabr 2022-yil.

Havolalar tahrir