Mozambik boʻgʻozi (fransuzcha: Canal du Mozambique, malagasicha: Lakandranon'i Mozambika, portugalcha: Canal de Moçambique) — Hind okeanidagi boʻgʻoz. Ushbu boʻgʻoz Madagaskar oroli bilan Afrika oraligʻida joylashgan. Uzunligi 1760 km, eng kambar joyining kengligi 422 km, farvaterida eng sayoz yerining chuqurligi 117 m. Mozambik boʻgʻozida suv oqimi, asosan, shimoldan janubga yoʻnalgan. Portlari: Mozambik, Beyra va Madxadzanga hisoblanadi.[1]

Mozambik boʻgʻozi joylashuvi

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar tahrir