Mozori Sharif darvozasi
Mozori Sharif darvozasi — Buxoro darvozasi.
Mozori Sharif darvozasi | |
---|---|
Joylashuvi | |
Hudud | Buxoro viloyati |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Umumiy maʼlumotlar | |
Qurdirgan hukmdor | Abdullaxon II |
Arxitekturasi | |
Meʼmoriy uslubi | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Qurilish materiali | pishgan gʻisht |
Balandligi | 11 metr |
Mozori Sharif darvozasi |
Tarixi
tahrirMozori Sharif darvozasini Shayboniy hukmdor Abdullaxon II Buxoro shahrini kengaytirish maqsadida Bahouddin ziyoratgohiga boradigan yo‘l ustida bunyod etadi[1]. XIII asrgacha darvoza Kalabod darvozasi deb atalgan. Darvoza Xo‘ja Muhammad Bahovuddin Naqshbandiy (1318–1388-yillar) ziyoratgohiga borganligi sababli „Mozor“, „Mozori Bahovuddin“ nomlari bilan atalgan[2].
Meʼmorchiligi
tahrirMozori Sharif darvozasi salobatli va keng, 18 ta gultojdan iborat bo‘lib, svod timpan (ravoq) kiteba ya‘ni arkasiz shaklda bunyod etilgan. Darvoza 3 ta mo‘ri (teshik)dan iborat va yuqorisi tekis g‘isht bilan soyali qilib qurilgan. Darvoza balandligi 11 metrni tashkil etib, shaharning qal’a devoriga teng hisoblangan. Mozori Sharif darvozasi yonida darvozabonlar uchun maxsus xonalar va soqchilar uchun alohida joy mavjud bo‘lgan. Darvoza qattiq qayrag‘ochdan mustahkam va qalin qilib qurilgan. Darvozaning mustahkamligini yanada oshirish uchun yog‘och materiallar qizdirilgan yog‘ga botirib olingan. Darvoza yo‘g‘on to‘sinlar va temir mixlar bilan yaxlit tabaqali qilib yasalgan. Darvoza uchun halqa va zulfinlari mis temiridan „haftjush“ usulida ishlangan. Darvoza tepa to‘sinlari gujumdan va ostonasi tut daraxtidan tayyorlangan. Ushbu darvozalar har qanday sharoitda vaqt o‘tishiga qaramay, o‘z sifatini yo‘qotmasdan asrlar osha xizmat qilgan.
Mazori Sharif darvozasidan vafot etgan hukmdorlar jasadi chiqarilib, Fayzobod xonaqohida janoza o‘qilgan. U yerdan piyoda Bahouddin Naqshband mazoriga borilgan va dafn qilingan. Darvoza yonidan Buxoroning mashhur Shohrud arig‘i oqib o‘tgan. Bu darvoza orqali seshanba, chorshanba, ayniqsa hayit kunlari shahar aholisi Hazrat Bahouddin Naqshband ziyoratiga borgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Сухарева О.А. К истории городов Бухарского ханства (историко-этнографические очерки). Ташкент: Изд-во академии наук Узбекской ССР, 1958 — 145-bet.
- ↑ Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.
- ↑ To'rayev H.H. Buxoro tarixi. Buxoro: Durdona, 2020 — 320-bet. ISBN 978-9943-6571-0-6.