Metgemoglobin

(MtHBdan yoʻnaltirildi)

Metgemoglobin, MtHB (meta… va gemoglobin), gemoglobin, ferrigemoglobin – oksidlangan gemoglobin; bunda kislorod gemoglobin tarkibidagi temir bilan mustahkam birikib, oʻzidagi kislorodni toʻqimalarga ajratib chiqara olmaydi. Natijada kislorod yetishmasligi – gipoksiya holati yuzaga keladi. Sogʻlom kishi eritrotsitlari tarkibida metgemoglobin juda oz miqdorda (0,1 – 1%) boʻladi. Organizm turli kimyoviy moddalar yoki dorilardan zaharlanganda qonda metgemoglobin miqdori ortadi (metgemoglobinemiya). Bunday hollarda tez toliqish, bosh ogʻrigʻi va koʻkarish (sianoz) alomatlari yuzaga chiqadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil