Metgemoglobin
(Mthbdan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Metgemoglobin, MtHB (meta… va gemoglobin), gemoglobin, ferrigemoglobin – oksidlangan gemoglobin; bunda kislorod gemoglobin tarkibidagi temir bilan mustahkam birikib, oʻzidagi kislorodni toʻqimalarga ajratib chiqara olmaydi. Natijada kislorod yetishmasligi – gipoksiya holati yuzaga keladi. Sogʻlom kishi eritrotsitlari tarkibida metgemoglobin juda oz miqdorda (0,1 – 1%) boʻladi. Organizm turli kimyoviy moddalar yoki dorilardan zaharlanganda qonda metgemoglobin miqdori ortadi (metgemoglobinemiya). Bunday hollarda tez toliqish, bosh ogʻrigʻi va koʻkarish (sianoz) alomatlari yuzaga chiqadi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |