Mu'oz ibn Yoqub Nasafiy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mu’oz ibn Yoqub Nasafiy (arabcha: معاذ بن يعقوب النسفي — Mu’oz ibn Yoqub Nasafiy — Toʻliq ismi: Abdurrahmon Mu’oz ibn Yoqub Kosoniy Nasafiy (IX asrda yashagan) — Roviy.
Mu'oz ibn Yoqub Nasafiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Roviy |
Faoliyati
tahrirMu’oz ibn Yoqub Nasafiy hadis roviysi bo‘lgan. U haqida tarixchi va tazkiranavis Sam’oniy (1113-67-yillar) „Al-ansob“ („Nasabnoma kitobi“) asarida yozishicha, 834-yil o‘z mablag‘i hisobidan Nasafda jome masjidi, so‘fiylar uchun rabot va suv manbai qurib bergan. Ayni paytda, ko‘plab shogirdlar yetishtirgan, hadisshunoslik borasidagi izlanishlari bilan ham shuhrat topgan. Sam’oniy uning qabrini ziyorat qilgan va alloma qurdirgan masjidni ziyorat qilganligini aytgan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 468.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |