Bosh menuni ochish

Muhabbatnoma (Vohidov asari)

oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam

„Muhabbatnoma“, toʻliq nomi „Saylanma: Muhabbatnoma“oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. „Muhabbatnoma“ hamda „Sadoqatnoma“ asarlaridan iborat „Saylanma“ ikki jildli sheʼriy toʻplamining birinchi jildi.[1] 1986-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Toʻplamga muallifning 1975-yilggacha yozilgan sheʼrlari va dostonlari kiritilgan. Asar boshida Ibrohim Gʻofurov yozgan soʻzboshi keltirilgan.

Muhabbatnoma
Muallif Erkin Vohidov
Janr sheʼrlar va dostonlar
Til oʻzbek
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti
Nashr etilgan 1986
Sahifalar soni 525
Keyingisi „Sadoqatnoma“

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Kenjaboyev – muharrir, G. Jirnov – rassom, N. Karpuzas – rasmlar muharriri, T. Smirnova – texnik muharrir, Sh. Soatova – musahhih. Kitob adadi – 25 000 nusxa.

Shuningdek qarangTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. Saylanma. Rossiya davlat kutubxonasi (ruscha). 14.11.2016.