Bosh menuni ochish

Sadoqatnoma (Vohidov asari)

oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam

„Sadoqatnoma“, toʻliq nomi „Saylanma: Sadoqatnoma“oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. „Muhabbatnoma“ hamda „Sadoqatnoma“ asarlaridan iborat „Saylanma“ ikki jildli sheʼriy toʻplamining ikkinchi jildi.[1] 1986-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Toʻplamga muallifning 1975-yildan keyin yozilgan sheʼrlari, tarjimalari, doston va dramasi kiritilgan.

Sadoqatnoma
Muallif Erkin Vohidov
Janr sheʼrlar, doston va drama
Til oʻzbek
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti
Nashr etilgan 1986
Sahifalar soni 528
Avvalgisi „Muhabbatnoma“

„Sadoqatnoma“ga Abu Ali ibn Sino, Hofiz Sheroziy, Bedil, Friedrich Schiller, Johann Wolfgang von Goethe, Aleksandr Blok, Sergey Yesenin, Mixail Svetlov, Aleksandr Tvardovskiy, Bogumil Guzel, Muhammad Iqbol, Ulfat, Gevorg Emin, Muxran Machavariani, Andrey Malishko hamda Rasul Hamzatov asarlarining tarjimalari kiritilgan. Qolaversa, toʻplamdan Vohidovning „Ruhlar isyoni“ dostoni hamda „Istambul fojiasi“ sheʼriy dramalari ham oʻrin olgan.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Kenjaboyev – muharrir, G. Jirnov – rassom, N. Karpuzas – rasmlar muharriri, T. Smirnova – texnik muharrir, Sh. Soatova – musahhih. Kitob adadi – 25 000 nusxa.

Shuningdek qarangTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. Saylanma. Rossiya davlat kutubxonasi (ruscha). 14.11.2016.