Muhammad Ali hoji hujralari Iskandarxon dahasidagi Muhammad Ali hoji guzari masjidi hujralari bo‘lgan. Vaqf mulkiga ega bo‘lgan.

Muhammad Ali hoji hujralari
Joylashuv Buxoro
Turi hujra
Xarita

Tarixi

tahrir

Uni dastlab Muhammad Ali hojining yuqorida zikr etilgan o‘sha mashhur madrasasi deb tushunilgan. Biroq ushbu o‘quv dargohi faoliyatiga oid aniqlangan hujjatlar ular mustaqil ikkita o‘quv maskani bo‘lganidan darak berdi. Bu ikki o‘quv dargohi mudarrislarining ilmiy darajalarida katta farq bor bo‘lgan. Bu ularning maoshida ham yaqqol aks etgan. Sadr rais Mir Badriddin arznomasida mulla Maʼsumxojaning Jaʼfarxoja naqib madrasasiga o‘tkazilgani va Muhammad Ali hoji guzari masjidi hujralari mudarrisi mulla Ibrohim kambag‘alligi tufayli uning o‘rniga tayinlanayotganini bildirgan. Unga 8 dan 10 tillagacha maosh belgilangan. Qozikalon Mir Badriddin Hammomi kappa guzari masjidi hujralari mudarrisi mulla Muqaddas Muhammad Ali hoji guzari masjidi hujralarida mulla Umarning bo‘sh qolgan o‘rniga o‘tkazilishini maʼlum qilgan. Maoshi 8 tilla.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 381.