Muhammad Aminboy sarrof madrasasi
Muhammad Aminboy sarrof madrasasi Mir Do‘stim guzarida joylashgan.
Muhammad Aminboy sarrof madrasasi | |
---|---|
Joylashuv | Buxoro |
Turi | madrasa |
Xarita |
Tarixi
tahrirMuhammad Amin ibn Muhammad Nafas hijriy 1211-yili (1796 – 1797) Poyirud hududida 16 tanob yerini mazkur o‘quv dargohi uchun vaqf qiladi. Hujjat Amir Ma'sum ibn Doniyolbiy va qozi Mirzo Fuzayl, qozi Abdullaxoja muhrlari bilan tasdiqlangan, Ikkinchi vaqf hujjatida Begimoy binti Abdurasulboy hijriy 1297-yil zulhijja oyida (1880-yil noyabr' – dekabr') o‘z istagi bilan Mir Do‘stimbiy guzaridagi Muhammad Aminboy sarrof madrasasi uchun Buxoro shahrining shimol tarafida joylashgan Korak mavzesida 9 tanob ekin yeri va mevali daraxtli bog‘ini vaqf qiladi. Mazkur madrasa sinchdan qurilgan 13 hujrali imorat bo‘lgan. Janubi masjid, shimoli ko‘cha va hovli, g‘arbi Muhammad Solihboy ibn Abdulloh uyi bilan o‘ralgan. Vaqf mulkiga shu guzardagi masjid muazzini mulla Abdukarim mutavalli etib tayinlanadi. U vafot etsa, o‘rniga shu masjid muazzini mutavalli bo‘ladi. Vaqf hosili, avvalo, imorat ehtiyojiga sarflanadi. Qolgani 10 qismga bo‘linadi. Mutavalli undan ushr oladi. Qolgani talabalarga bo‘lib beriladi. Bu dargohda haftada to‘rt kun dars o‘tilishi hujjatda ko‘rsatilgan. Hujjat qozi ul-quzzot muhri bilan tasdiqlangan. Markaziy davlat asrovxonasidagi I-323, №1194 raqamli vaqf hujjati ham unga tegishli bo‘lgan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Buxoro ta'lim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. – B. 377.