Muhammad Khaled Khashoggi ((arabcha: محمد خالد خاشقچي) (1889–1978), shuningdek, Muhammad Xolid Qoshiqchi sifatida ham talaffuz qilinadi[1]) Saudiya Arabistoni shifokori. U qirol Abdulaziz Al Saudning shaxsiy shifokori edi[2].

Mohamed Khashoggi
Muhammad Khaled Khashoggi
Tavalludi
محمد خالد خاشقچي

1889-yil
Saudiya Arabistoni, Madina shahri
Vafoti 1978-yil 16-noyabr
Saudiya Arabistoni, Riyod shahri. Qabri Amdina shahrida
Fuqaroligi Saudiya Arabistoni fuqarosi
Kasbi qirol Abdulaziz Al Saudning shaxsiy shifokori
Turmush oʻrtogʻi Bashira Mardini, Samiha Sitti, Khadejah Ismail
Bolalari Adnan Xashoggi, Samira Khashoggi, Essam Khashoggi, Adil Khashoggi, Assia Khashoggi va Soheir Khashoggi.
Otasi Khalid Ali Khashoggi
Onasi Assia Hammad

Shaxsiy hayot tahrir

Muhammad Khaled qadim turk ajdodlari bundan toʻrt asr avval Kayseridan Makkaga Hajga borgan va qolishga qaror qilgan[3][4]. Ularning familiyasi turkchada “qoshiq yasovchi” degan ma’noni anglatadi[1]. U Samiha Ahmad (Setti) bilan turmush qurgan va olti farzandi bor: Adnan Xashoggi, Samira Khashoggi, Essam Khashoggi, Adil Khashoggi, Assia Khashoggi va Soheir Khashoggi. Uning nabiralari orasida Dodi Fayed, Jamol Xashoggi, Emad Xashoggi va Nabila Xashoggi bor.

Biografiya tahrir

Muhammad Khaled 1918-yilda Madina qamalida oilasi va muhtasib bo'lib ishlagan ukasi Abdulla Qoshiqchi bilan Madinadan hijrat qilgan, so`ng ular Damashqqa joylashishgan. Keyinchalik u Damashqda meditsina bo'yicha tahsil oldi va jarroh bo'ldi. Keyin u radiatsiya terapiyasini o'rganish uchun Parijga, so`ng Makkaga shaxsiy klinikasini ochish uchun qaytib keldi.

U Ar- Riyodga Sog'liqni saqlash vazirligida ishlash uchun ko'chib o'tdi va Ar-Riyodga Saudiya Arabistonida ishlash uchun misrlik shifokorlarni olib keldi. 1970-yillarda u Livanning Bayrut shahrida yashash uchun ketdi, lekin ko'p o'tmay, Livandagi fuqarolar urushi boshlanganidan keyin 1974-yilda Londonga jo'nab ketdi. Oxir-oqibat, u Ar-Riyodga qaytib keldi va u erda operatsiya paytida vafot etdi. Madinada dafn etilgan.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Kessler, Ronald (1987), Khashoggi: the rise and fall of the world's richest man, Corgi, 41-bet, ISBN 978-0552130608 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Kessler 1987 loc=41" defined multiple times with different content
  2. Aburish, Said K.. The Rise, Corruption and Coming Fall of the House of Saud: With an Updated Preface. Bloomsbury, 2013 — 263 bet. ISBN 978-1408834695. 
  3. Ronald Kessler. The Richest Man in the World: The Story of Adnan Khashoggi. Grand Central Publishing, 31-oktabr 2017-yil — 29 bet. ISBN 978-1-5387-6254-7. 
  4. „Who Is Jamal Khashoggi? A Saudi Insider Who Became an Exiled Critic“. Bloomberg (10-oktabr 2018-yil).