Muhammad Mirzo
Sulton Muhammad Mirzo Temuriy shahzoda hamda Oʻrta Osiyo hukmdori Temurning uchinchi oʻgʻli Mironshohdan nevarasi boʻlgan. Garchi oʻgʻli Sulton Abu Said Mirzo orqali Hindistonda Moʻgʻul Imperiyasining asoschisi Boburning katta bobosi boʻlishiga qaramasdan, uning hayoti haqida koʻp maʼlumot mavjud emas.
Muhammad Mirzo | |
---|---|
Temuriy shahzoda | |
Mironshohning oʻgʻli Sulton Muhammad | |
Farzandlari |
Sulton Abu Said Mirzo Manuchihr Mirza |
Uy | Temur uyi |
Otasi | Mironshoh |
Onasi | Mihr Nush |
Dini | Islom |
Hayoti
tahrirMuhammad Mirzo Mironshohning oltinchi oʻgʻli, otasi esa Timurning uchunchi oʻgʻli boʻlgan. Uning avlodi Akbarning Bosh Viziri Abul Fazlning aytishicha, Muhammad Mirzoning onasi Fulad Qiya qabilasidan chiqgan Mehr Nush boʻlgan[1]. Sharqshunos Henri Beverij bayon qilishicha, ushbu qabiladan bexabar holda, Muhammad Mirzo har doim akasi Khalil Sulton bilan birga yashagan degan taʼriflanilgan dalil shuni koʻrsatadiki, ikkalasi ham bir ota-onadan boʻlgan aka-uka boʻlganlari ehtimoli bor[2]. Bu bilan Mehr Nush Halil Sulton onasi Xonzoda Begumning ikkinchi nomi boʻlgani nazarda tutiladi va u Xorazmdagi Qoʻngʻirot sulolasining qizi va Oltin Oʻrda Xoni Joni Begning nevarasi boʻlgan[3].
Muhammad Mirzo qachondir tayinlangan Samarqand hukmdori ham boʻlgan va Suhrob Qurdning qizi Shoh Islomga uylangan. U Hakkârining hukmdori va Timurning sobiq dushmani Izz al-din Shirning qarindoshi edi. Bu turmushdan uning ikki oʻgʻli boʻlgan: Manuchehr Mirzo (1468) va Abu Said Mirzo[4][5][6]. By this marriage he had two sons: Manuchihr Mirza (d. 1468) and Abu Sa'id Mirza[5].
Vafoti
tahrirMuhammad Mirzoning vafot etgan sanasi qayd etilmagan[7]. Zafarnomada 807 Hijriy (1404—1405) yillarda yashab oʻtgan Temurning 36 ta oʻgʻillari va nevaralarining ismlari orasidan uni nomi qayd etilmagan. Clavijoning 1404-yilda Temur qalʼasidagi tashrifi paytida ham u haqida qayd etilmagan. Shu va shu kabi dalillar Henry Beveridgeni Muhammad Mirzo ungacha otasi va bobosi oʻlimidan soʻng allaqachon vafot etgan degan nazariyaga olib keldi. Biroq, 1410-yil amakisi Shohrux Mirzo hukmdorligi davrida u Xalil Sulton bilan yashaganligiga qarshi dalil boʻlati.
Falokatli kasalligida Muhammad Mirzo oldiga yaqin aloqada boʻlgan jiyani Ulugʻbeg tashrif buyuradi. Oʻlim bilan kurashayotgan shahzoda Ulugʻbekka oʻgʻli Abu Said Mirzoning otaliqini ishonib topshiradi, keyinchalik uni himoyasida oʻsadi[2].
Bolalari
tahrir- Manuchehr Mirzo (vafoti 1468)
- Malik Muhammad
- Abu Said Mirzo (1424-1469)
- Sulton Ahmad Mirzo
- Sulton Mahmud Mirzo
- Ulugʻbek Mirzo II
- Umarshayx Mirzo
- Zahiriddin Muhammad Bobur
- Boburiylar davlatining asoschisi
- Jahongir Mirzo II
- Nosir Mirzo
- Zahiriddin Muhammad Bobur
Manbalar
tahrir- ↑ Abu-l Fazal (1907, s. 215)
- ↑ 2,0 2,1 Abu-l Fazal (1907, ss. 215–16)
- ↑ Woods, John E. (1990). "Timur's Genealogy". Intellectual studies on Islam: essays written in honor of Martin B. Dickson (University of Utah Press): 112. ISBN 978-0-87480-342-6. https://books.google.com/books?id=yxmCAAAAIAAJ.
- ↑ Asiatic Society of Bengal. Proceedings of the Asiatic Society of Bengal: 1869. Calcutta: C.B. Lewis, Baptist Mission Press, 1869 — 210-bet.
- ↑ 5,0 5,1 Woods, John E.. The Timurid dynasty. Indiana University, Research Institute for Inner Asian Studies, 1990 — 35-bet.
- ↑ Houtsma, M. Th.. E. J. Brill's First Encyclopaedia of Islam, 1913-1936. E.J. Brill, 1993 — 1145-bet. [[Maxsus:BookSources/90-04-09790-2|ISBN 90-04-09790-2]].
- ↑ Holden, Edward Singleton. The Mogul Emperors of Hindustan: 1398-1707. C. Scribner's sons, 1895 — 364-bet.