Muhammad Yunus Toib Muhammad Amin oʻgʻli

Muhammad Yunus Toib Muhammad Amin oʻgʻli (1830, Toshkent – 1907, Qoʻqon) – qozi, shoir va xattot. Yorkend va Qoʻqonda yashagan.

Muhammad Yunus Toib Muhammad Amin oʻgʻli
Asl ismi Muhammad Yunus
Tavalludi 1830 y
Toshkent
Vafoti 1905 y
Qo'qon
Taxallusi Toib
Fuqaroligi Qo'qon xonligi - Chor Rossiyasi
Janr she'r, g'azal, nazira

Tarjimai holi

tahrir

Muhammad Yunus Toib Muhammad amin oʻgʻli 1830 yilda Toshkentda, Sebzor dahasi, Kunjak mahallasida tavallud topgan. Dastlabki taʼlimni Toshkentda olib, keyinchalik Qoʻqon madrasalarida tahsil olgan.[1]

Faoliyati

tahrir

Muhammad Yunus Toib – Qoʻqon xonligi hamda Sharqiy Turkistonning tarixi va madaniyaitida katta iz qoldirgan shaxslardan. U 1860 yili Qo’qon sarkardasi amirlashkar Amiquli (1830-1865) xizmatiga oʻtib, avval mirzo, keyin mirzaboshi, dodxoh va shigʻovullik (tashqi ishlar vaziri) mansabiga koʻtariladi. Muhammad Yunus Toib 1860-1865 yillari amirlashkar Aliquliga shaxsiy maslahatchi boʻlib, Qoʻqon xonligining ichki va tashqi siyosatiga oid ishlarda faoliyat koʻrsatgan. Muhammad Yunus Toib maslahati bilan 1860 yillarning boshlarida Xitoy, Afgʻoniston, Turkiya, Angliya va Rossiyaga elchilar yuborilgan.

U Avliyoota va Turkiston himoyasida, Chimkent va Toshkent mudofaasida faol qatnashgan. Toshkent ruslar qoʻliga

oʻtgandan keyin 1865 yilning oxirlarida Muhammad Yunus Toib Sharqiy Turkistonga borib, Yoqubbek Badavlat tomonidan tuzilgan  davlatning Yorkent shahrida hokim boʻladi.

Londonda nashr etiladigan „The journal of the royal Geographical Society of London“ning 1871 yilgi 41-sonida Hindistondagi ingliz harbiy amaldori T. G. Montgomerining „Report of the Mirzas“. Exploration from Caubul to Kashgar" nomli maqolasida ham Muhammad Yunus Toib haqida maʼlumotlar berilgan.

1877 yilda Yoqubbek Badavlatning sirli vafotidan soʻng, ichki nizolarga yuz tutgan uning davlati Xitoy tomonidan bosib olinadi. Natijada Muhammad Yunus Toib Yorkand shahrini tashlab, Qoʻqon shahriga qaytib keladi. Muhammad Yunus Toib Qoʻqon shahrida ijod bilan mashgʻul boʻladi. 1897 yilda Qatagʻon dahasining qozisi etib tayinlanadi.

Yozgan asarlari

tahrir

Sharq klassiklari asarlarini oʻrgangan. Ularga naziralar bogʻlagan, qasidalariga javob yozgan (mas, Jomiy qasidasiga javob va boshqalar), taʼrix va marsiyalar yaratgan. Ularda oʻz davrining turli ijtimoiy masalalari aks etgan. Fargʻona tarixi haqidagi „Hadoiq ul-anvor“ asari (1859) da Qoʻqon xonligining Muhammadalixon hukmronligi davri toʻliq bayon etilgan. 1905-yilda „Tuhfai Toib“ asarini yozgan. Muhammad Yunus asarlari qoʻlyozmalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv. № 6696, 596).[2]

U kishi isteʼdodli shoir, muarrix, xattot boʻlib, mukammal devondan tashqari, „Tarixi Aliquli amirlaskar“, „Xadiqat al-anvor“ („Nurlar boʻstoni“) hamda „Tuhfai Toyyib“ kabi asarlarni yozib qoldirgan.[3]

Vafoti

tahrir

Muhammad Yunus Toib 1905 yilda Qoʻqon shahrida vafot etgan.

Manbalar

tahrir
  1. Mirkomil Mirmaqsudov. [www.shosh.uz „Toshkentliklar“] (2019-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 8-noyabr.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. [www.portal.guldu.uz „Etnografik manbalar“]. Qaraldi: 2023-yil 9-noyabr.