Muhammad Yusuf koʻchasi (Toshkent)

Muhammad Yusuf koʻchasi — Mirzo Ulugʻbek tumanida. Mirzo Ulugʻbek va Parkent koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 1,1 km atrofida.

Muhammad Yusuf koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Mirzo Ulugʻbek
Uzunligi 1.1 km
Avvalgi nomlari Dogʻiston koʻchasi
Kim sharafiga nomlangan Muhammad Yusuf

Dastlab Dogʻiston nomi berilgan. 2002-yil 29-iyundan Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf (1954-2001) nomi bilan yuritiladi[1].

Yoʻnalishida supermarket, marshrutli taksilar boshbekati, ikki qavatli va shaxsiy turar joy binolari, savdo shoxobchalari, turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan. Yaqinida „Buyuk Ipak yoʻli“ metro bekati, „Boʻz“ va „Parkent“ bozorlari, yonilgʻi quyish shoxobchasi mavjud.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.