Muhammad al-Abbodiy
faqih va imom
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
(Abu Osim) Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Ibod, al-Ibodiy al-Hiraviy (hijriy 458-yilning shavvol oyi (milodiy 1066-yil)da vafot etgan) — shofiʼiy faqih, noziktaʼb va isteʼdodli imom bo‘lgan. Yurt kezgan, ko‘p mashoyixlar bilan uchrashib, ularning saboqlarini olgan.
Muhammad al-Abbodiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 1066-yil (hijriy 458-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih, imom |
Asarlari
tahrirKo‘p foydali kitoblar, jumladan, quyidagi asarlarni tasnif qilgan:
- „Adabu-l-qozi“ („Qozilik odobi“);
- „al-Mabsut“ („Mufassal kitob“);
- „al-Hodiy ila mazhabi-l-ulamo“ („Ulamolar mazhabiga boshlovchi kitob“);
- „Kitobu-r-raddala-s-Samʼoniy“ („Samʼoniyga raddiya tarzida yozilgan kitob“);
- „Kitob latif fi tabaqoti-l-fuqaho“ („Faqihlarning tabaqasi haqida latif kitob“)[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 122-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |