Muhammad al-Arsobandiy
faqih, usul al-fiqh sohasida yetuk olim va qozi
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
(Faxruddin Abu Bakr) Muhammad ibn al-Husayn ibn Muhammad al-Arsobandiy, al-Hanafiy (hijriy 512-yil rabiulavval oyi (milodiy 1118-yil)da vafot etgan va „Hasin“ qabristoniga dafn etilgan) — mazkur qishloqdan, faqih, usul al-fiqh sohasida yetuk olim va qozilardan bo‘lgan. Marvda Abu Hanifa tarafdorlarining peshvoligi u bilan birgalikda nihoyasiga yetgan. Oliyhimmat, saxiy, xushxulq va kamtarin inson bo‘lgan.
Muhammad al-Arsobandiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 1118-yil (hijriy 512-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih, usul al-fiqh sohasida yetuk olim va qozi |
Asarlari
tahrir- „al-Usul fi-l-fiqh“ („Fiqh ilmining asoslari“);
- „Amoliy“ („Imlo qilingan hadislar“);
- „Sharhu-l-jomiʼi-lkabiyr“ ("Shayboniyning fiqh ilmi ning sohalari haqidagi „al-Jomiʼ al-kabiyr“ asariga sharh");
- „Muxtasaru taqvimi-l-adilla“ (Abu Zayd Dabbusiy qalamiga mansub „Taqvimu-adilla“ asarining qisqartirilgan shakli")[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 115-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |