Muhammad al-Kunduriy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhammad ibn Mansuribn Muhammad al-Kunduriy (Abu Nasr) — faqih va shoir. Sulton Tug‘rulbekning vaziri. U milodiy 1024-yil (hijriy 415-yil)da Naysoburning Kundur qishlog‘ida tavallud topgan. Yoshlik yillarida fiqh ilmidan va sheʼriyatdan taʼlim olgan. O‘z zamonasida katta obro‘-eʼtiborga sazovor bo‘lgan. Xorazmda voliy bo‘lgan. Keyinchalik Bag‘dodga ko‘chib o‘tgach, xalifa Qoim biamrilloh tomonidan unga „Sayyidul vuzaro“ („Vazirlar sayyidi“) laqabi berilgan. Nazm va nasrlari bor. To‘qqiz yil vazir bo‘lgan va keyinchalik uning barcha mol-mulki, shu jumladan 300 ta qullari ham musodara qilingan. U milodiy 1064-yil (hijriy 456-yil)ning zulhijjaoyida 42 yoshida Maravruzda dorga osib o‘ldirilgan, boshini kesib olib, shahar bo‘ylab aylantirishgan. Kunduriyning biror jinoyatga qo‘l urgani haqida hech qanday maʼlumot yo‘q[1].
Muhammad al-Kunduriy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 1024-yil (hijriy 415-yil) |
Vafoti |
milodiy 1064-yil (hijriy 456-yil) Maravruz |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih va shoir |
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 113-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |