Muhammad al-Yazdoziy

hadisshunos

(Abu Bakr) Muhammad ibn Zakariyo ibn al-Husayn ibn Ibrohim ibn Yazdod al-Hofiz as-Saʼlukiy al-Yazdoziy (hijriy 344-yil (milodiy 956-yil)da vafot etgan) — o‘z yurti roviylarining hadislarini jamlagan nasaflik fozil kishi bo‘lgan. Ularning nasablarini to‘liq o‘rgangan, qoldirgan ilmiy merosini bir joyga to‘plagan hamda ularni boblarga ajratib, tartibga solgan. Buxoro, Samarqand va Sug‘d shaharlari, Kesh va uning atroflarini kezgan. Hadis olayotgan shayxlarini „yaxshilab elakdan o‘tkazgan“. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar[1].

Muhammad al-Yazdoziy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 956-yil (hijriy 344-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi hadisshunos

Manbalar

tahrir
  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 136-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.