Nasaf (tarixiy viloyat va shahar)

Nasaf, Naxshab — Qarshi vohasida, Qashqadaryoning quyi oqimi boʻylarida joylashgan oʻrta asr shahri va viloyati nomi. N. shahri Karshi shahridan 8 km shim.gʻarbdagi Shulluktepa shahar harobasi oʻrnida boʻlgan. 78-asrlarda N.da ot tasviri, G — belgisi va turkiy chehra hokim rasmi tushirilgan mis tangalar zarb qilingan. 8-asrning 2-yarmidan bu tangalar fels deb atalgan. Arablar istilosidan soʻng N. viloyatning maʼmuriy markazi boʻlgan. N. oʻrta asrlarda 3 qismdan — ark, shahriston va raboddan tashkil topgan, mudofaa devori bilan oʻralgan, 4 ta darvozasi — Buxoro, Samarqand, Kesh va Gubdin darvozalari boʻlgan. 10-asrda ark harobaga aylanib, hayot keng rabodda davom etgan. Hokim uyi va qamoqxona daryo boʻyidagi Rasal qantara — koʻprik boshi degan yerda joylashgan, jome masjidi rabodda, Gubdin darvozasi oldida boʻlgan, shahar bozor bilan hokim uyi oraligʻida joylashgan. 14-asrda N. Qarshi nomini olgan.

Adabiyot tahrir

  • Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil